Dmitriy Merejkovskiy (1865-1941)

Dmitriy Sergeevich Merejkovskiy (2 [14] avgust 1865, Sankt-Peterburg — 9 dekabr 1941, Parij) — rus yozuvchisi, shoir, adabiy tanqidchi, tarjimon, tarixchi, faylasuf, jamoat arbobi. Shoira Zinaida Gippiusning eri.

ShOIR

Shirin tuyulmoqda tushkun holatim.
Shodon olomonning davrasi aro,
Boryapman kulbasiz bir davrvesh kabi
Eng so‘nggi qashshoqdan qashshoqroq gado.

Ammo yurak sira ko‘nika olmas
Unda olomonga ulkan nafrat bor.
Qo‘rquvni unutgan, shafqatni bilmas
Ammo ko‘zlarimda bir muhabbat bor:

– Sevaman telbavor ozodlikni men.
Saroy, zindonlardan u menga ustun.
Oftob, burgut, shamol saltanatiga –
Olis shafaqlarga talpinar ruhim.

Biroq hanuz pastda qora sharpadek,
Xursand olomonning davrasi aro,
Boryapman kulbasiz bir darvesh kabi,
So‘nggi qashshoqdanda qashshoqroq gado.

Rus tilidan Hasanboy G‘oyib tarjimaci