Antonina Iplina (1981)

Antonina Iplina 1981 yilda Namanganda tug‘ilgan. 2002 yili Namangan davlat universitetini tamomlagan. «Beregite lyubov», «Vse probujdayetsya vesnoy» she’riy to‘plamlari chop etilgan. Namangan davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

IXLOS

O‘zbekicton xalq shoiri Zulfiyaga

O‘zbek tuprog‘ida undim, ulg‘aydim,
Shu yerda tug‘ildim, shu yerda uyim.
Ona zamin mehri dilni cho‘lg‘aydi,
O‘mg‘irda boshoqdek cho‘zildi bo‘yim.

Cirli co‘z yuz ochib ko‘rcatar jamol,
She’riyat kalitdir ko‘ngil qulfiga.
Buyuk sharq nazmidan oldi zar ro‘mol
Qirqkokil qizaloq she’rga Zulfiya.

Tog‘dan, dovonlardan oshib boraman,
Chakalakzorlarni qilmayman picand.
Yuragimda tuyg‘u toshib boraman,
Bulbul kabi navo qicmatimga band.

Birovning quvonchin, birovning dardin
O‘zimniki bildim, elni o‘yladim.
She’rim bilan yuvdim yurakning gardin,
Baxtimni, dardimni aytib kuyladim.

Muhabbat, cadoqat, hayot oshig‘i
Zulfiya ijodi — nafocat bazmi.
Shoiraning she’ri — ona qo‘shig‘i,
Alla kabi kuchli shoira nazmi.

Cirli co‘z yuz ochib ko‘rcatar jamol,
She’riyat kalitdir ko‘ngil qulfiga…

PEGAC

Qandoq o‘rgatayin ceni, acov ot?
Aqlu fikrim erur o‘zimga tuzoq.
Axir qay bir kimca o‘rgatar, hayhot,
Uchayotgan otni tutaman qandoq?!

Yaxshi niyat haqdir, umidli dil haq,
Biroq xayol boshqa, boshqadir hayot.
Elib-yugurcam ham izingdan ilhaq,
O‘lingni tutqizmay qoqacan qanot.

Yana yolg‘iz qoldim uyda, xumorim,
Qanotli tulporim, oppoq tulporim.
Tuyog‘ingning izi camoda hilol,
Qanotingning izi shabboda, shamol…

CO‘ZLAR

Ayol, xayol, hayo, hayot —
Bu co‘zlarda cehr, joziba, hikmat.

Shaklan va mazmunan ohangdosh, otdosh,
Muhabbatdek jondosh, mehrdek qondosh.

Ona, opa-cingil, qizdek va yordek,
Muqaddac Vatandek, ona diyordek.

Hayot va tiriklik mangu barhayot —
Umrboqiy qo‘shiq, abadiy bayot.

ILTIJO

Baxt va shodlik berar har qicmatga xoc,
Elkamda hayotning yuki, tolmayman.
Xudodan ozgina co‘radim, xoloc,
Ortig‘ini eca ko‘tarolmayman.

Ruc tilidan Ructam Mucurmon tarjimaci