Vasile Aleksandri (1821-1890)

Vasile Aleksandri (Vasile Alecsandri) 1821 yil 21 iyulda tavallud topgan. Parij universitetining tibbiyot va yuridik fakultetlarida tahsil olgan, biroq birortasiniyam tugatmagan. Adabiyot jurnalida jamoatchilik asosida faoliyat olib borgan. Bir yil teatr direktori lavozimida ishlagan. 1877–1878 yillarda Ruminiya Qirolligining Parijdagi elchisi bo‘lgan. Aleksandri asosan rumin folkloriga ahamiyat qaratib, 1853 yil Parijda rumin xalq qo‘shiqlarini kitob qilib chop ettirgan. U milliy qo‘shiqlar ta’sirida “Xalq qo‘shiqlari” (1843–53), “Xalq she’rlari”(1852), “Marvaridgullar”(1848–63) kitoblarini o‘z muxlislariga taqdim etdi. Mixay Eminesku Vasile Aleksandrini “She’riyat qiroli”, “Ruminlarning buyuk shoiri” deb atagan edi. Shoir 1890 yil 22 avgustda vafot etgan.

YuLDUZLAR

Na yil zuhur, na so‘ngsiz hudud –
O‘rtamizda yulduzlar faqat!
Yodingdami, subhidam gullar
Yuzlarida jilvalangan nur –
Kamalakday tovlangan shabnam?
Yo‘q, ular mening ko‘zimdan oqqan
Ko‘z yoshlarim, emasdi yulduz.
Na suv oqqan ko‘zlardan sharor!
Na tinmagan achchiq-achchiq yosh!
Shu yurt uchun,
Tiyra taqdiri uchun!
Par to‘shagi orzuda qolgan
Vatangado, faqiri uchun!
Ko‘zdan to‘kildiyu yulduzdek marjon,
Tomchi yoshda porlab ketdi baxt!

ILTIJO

Uyg‘on, oftoboyim!
Og‘a, topib kel,
Ko‘ksimdagi qirq to‘rt nurni.
Qirqi senga – charog‘onin ol,
Qoldirsang, bas, menga to‘rtini.
Quyosh bo‘lib balqsin,
Peshonangda ul ikki shu’la.
Boshqasini nigohimga ko‘m,
Boshqasini ko‘ksimga otgil,
Unutma. Unutma!
Oftoboyim, oltinlar sari,
O‘tdan xabar keltirgan, quyosh.
Shoshma deyman, boqqil men sari,
Kunlarimni yoritib yubor,
Hovurlatgin ko‘ksimda otash,
Toki dili bog‘lansin yorning,
Toki bizni bog‘lasin Xoliq!

Rus tilidan Sadaf tarjimasi