Oktavian Goga (Octavian Goga) 1881 yil 1 aprelda Transilvaniyaning Reshinari qishlog‘ida tug‘ilgan. Budapesht universitetida tahsil olgan.1937–1938 yillari Ruminiya bosh vaziri lavozimida ishlagan. Ruminiya Fanlar akademiyasining a’zosi. 1938 yil 11 fevralda vafot etgan.
OQShOM
Ko‘k yopindi qora ro‘mol,
Motamsaro ona misol.
Kungaboqarlar jur’atsiz
Boshin egib surar xayol.
Ufq oltin sulizorga
Zarra-zarra separ kumush.
Daydi qarg‘a qanot cho‘zar,
Charchog‘inmi ko‘radi tush.
Jo‘r qo‘shiqning avji tindi,
To‘ng og‘riqday mudrar o‘rmon.
Juft qaldirg‘och mizg‘ib qoldi,
Harir ko‘rpa yopdi tuman.
Holdan toygan shaffof to‘lqin
Mudrar to‘g‘on labida jim.
Cho‘pon ham xo‘b olmoqda tin,
Pinak otgan hassasi ham.
Uxlar zamin, ko‘k gumbazi,
Ajib dilbar bir quchoqda.
Chashma esa shivirlaydi:
“Orom olsam men ham, qani!”
ERDAN TAShQARIDA
“Etim odalar” turkumidan
Men yerda hech kimman tomirlarimsiz,
Shamol etagida ko‘chgan uchqunman.
Olamda mendan-da battol jonzot yo‘q.
(Endi bor. Chunki men dunyoda yo‘qman.)
Ko‘rinmas jonman men, uysiz, darbadar,
Yulduzni sog‘ingan yig‘loqi jinni.
O‘zim bino qilgan xudolarimning
Jild-jild aqidasin shaydosiman men.
Kechikkan alami badkor davrning,
Men bot-bot qaytguvchi yopishqoq tushman,
Etimlikman, o‘ngga aylanib ketgan
Va unda barchasin o‘zgartirmishman.
Ziyoratga chiqqan soqov ta’naman,
Yaqinlar unutgan qari chol kabi.
Ichimda ilojsiz qichqiriq yashar,
Ko‘klardan himoya so‘raydi labim.
Shundan boshlanadi hamma-hammasi –
Jilmayishman zabun tul ingrog‘iday,
Alpinistman, biroq barcha yo‘llarim
O‘rab olgan meni pastlikda, afsus.
Egam irodasi, xohishi bilan,
Nasllar tilida “la’nat” degan so‘z.
Alhol, iblisdan-da darbadarman men,
Faqatgina go‘rlar ochilganida,
Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a eslay boshlayman
Qandaydir bir uyni…
Ketolmayman uning ruhidan.
Tamom aloqasin uzib men bilan
Tashqarida esa uxlar qiyofam,
Tahqirlangan yorin boshida go‘yo.
Ilojsiz shafqat-la egilib,
Otlanib u mag‘rur nafrat-la,
O‘zga vatan, o‘zga asrga,
Ezilgan, xo‘rlangan xalqlar izidan,
Biroq, o‘shalar-la, demak, men bilan!
Kesatiqqa doim kirlik chaplangan,
Qolaversa, balki (ular orzusi)
Jim bo‘lar, og‘ziga tiqilib latta,
Shunda so‘zlab bermas hech nima.
QIRG‘OQDA TURARDIM
Zanjirlarin tortib kema jo‘nadi,
Dunyo kezgan edi – eski ustixon.
O, ayol, sen endi abad begona,
Olissan, bir sirli kengliklar tomon.
Uchib ketdi aziz lahzalarimiz,
Tunlarning bilgisiz qizilligiga.
Yo‘lxaltam yuragi uvishdi birdan,
Shafaq yong‘inida g‘oyibot sirdan.
Qirg‘oqda qoldim men, sen ketding tamom,
Ko‘zlarim izingdan intilaverdi.
Hayhot, olisdasan, olisimdamas.
Hasrat ibodatin qurboni edim.
Sen ketding, men uchun vayronlik qoldi.
Shu chog‘da taqdirim vafot etgandi.
Rus tilidan Farog‘at Kamolova tarjimasi