Abdurahmon Asilbekov (1938)

Abdurahmon Asilbekov (Abdraxman Asыlbek ) 1938 yil 1 mayda Jambul viloyatining Talas ovulida tug‘ilgan. Qozog‘iston pedagogika institutining tarix va filologiya fakultetini tamomlagan.
Viloyat gazetasida, Respublika radiosida, Qozog‘iston Ministrlar Sovetining kitob savdosi ishlari qo‘mitasida xizmat qilgan.
Ilk kitobi 1955 yili «Tinchlik bog‘chasi» nomi bilan chop etilgan. Jami 31  kitobi chop etilgan. Asosan bolalarga oid asarlar yozadi.

EHTIYoTKOR TOShBAQA

Quyon dedi,
— Toshbaqa,
O‘xshamaysan boshqaga.
Odimlaysan ko‘p sekin,
Yurishing-e, qurisin.

Toshbaqa anoyimas,
Javobi havoyimas:
— Ost-ustim o‘xshar toshga,
Ilojim yo‘qdir boshqa.
Ehtiyotin qilaman,
Oqibatin bilaman.
Agar qattiq yugursam,
Bo‘lar-bo‘lmas charx ursam —
Osmon birdan surilib,
Ketmasmi yer yorilib…

Habib Rahmat tarjimasi.