Qadimgi yunon shoirasi. Bayramona qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan. Jo‘r bo‘lib aytiladigan jo‘shqin xalq madhiyalari ham bitgan. Ularning aksariyati hajviy qo‘shiqlar bo‘lib, uzum uzish bayramlarida kuylangan. Bizgacha uning asarlaridan ayrim parchalargina yetib kelgan.
* * *
Do‘stim, har tosh ostida
nihon yotishi mumkin chayon,
Tegsang, chaqar. Pana joyda
makr birla zahar pinhon.
* * *
Bir zamonlar aytgan edi
esla Admet hikmatini:
“Yaxshini chin ko‘ngildan sev,
saqla doim hurmatini.
Pastkashdan qoch, pastkash odam
aslo bilmas izzatini,
Shukur qilmas, tez unutar
yaxshilarning xizmatini”.
* * *
May ichsang, men bilan, o‘zim bilan ich,
Quvonsang men bilan birga o‘ynab-kul.
Men bilan gul tergin, faqat meni quch,
Birga devona bo‘l, birga dono bo‘l.
* * *
Mangu meros qoldirdim, dedi
Odamzotga nozu ne’matni:
Birinchisi – quyoshning nuri,
Ikkinchisi – yulduz bilan oy,
Uchinchisi – qirmizi olma,
Shirin qovun bilan nashvoti.
Rus tilidan Rustam Musurmon tarjimasi