Vladislav Bronevskiy (1897-1962)

Vladislav Bronevskiy (Władysław Broniewski; 17 dekabr 1897, Plotsk — 10 fevral 1962, Varshava) — polyak shoiri.

14 APREL

Vl.Mayakovskiy xotirasiga

Quvonch turgan sarhadning
U yog‘ida charchoq, o‘lim bor.
Ular yashab o‘tgan umrning
Qiymatini o‘lchashga darkor.

Ammo zulmat qo‘ynidan
Bir so‘z chiqar – misli kuy.
Krematoriy dudidan
Yuksakroqqa o‘rlar u.

Radiy kabi kuydirsin
Ul so‘z dilni – jangda o‘l!
Ketganlarga – shon-sharaf,
Bizga esa – olis yo‘l!

Xurshid Davron tarjimasi