Ziyodxon Budoq (Ziyadxan Budaq) – Budoqov Ziyodxon Qurbon o‘g‘li 1957 yil 20 fevralda Gurjiston respublikasining Bolnist rayonining Kapanak qishlog‘ida tug‘ilgan. Baku davlat universitetining tarix fakultetini bitirgan.
Ilk she’ri 1972 yil “G‘alaba bayrog‘i” gazetasida chop etilgan. Hozirgacha 11 ta kitobi nashr etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi. “Qizil qalam”, “Ogaz” mukofotlari sohibi.
YaRAShDI
Shirin bo‘ldi o‘tgan umr har oni,
Ilk ishonchchim so‘ng gumonga yarashdi.
Xotiradir endi joyi, makoni,
Ruhga do‘ndi, din-imonga yarashdi.
Pardalandi, sozii ustda so‘z bo‘ldi,
Sevgi bizga boqish bo‘ldi, ko‘z bo‘ldi.
Ishqim kpbi yondi – yondi, ko‘z bo‘ldi
Ichimdagi bir to‘fonga yarashdi.
Har yog‘ini boy bergancha sellarga,
Bosh egmadi, bosh kelmadi yellarga.
Omad dedi o‘tib-ketgan yillarga,
Me’zon bo‘ldi, saq – sahmonga yarashdi.
Oqshomimdan sabohimga yo‘l ochdi,
Komillikka quchoq ochdi, qo‘l ochdi.
So‘z ustida dasturxoni bol ochdi,
Bismillohga, al- rahmonga yarashdi.
Sharbat bildim, bahrasini, barini,
Borlig‘imga ziynat etdim borini.
Boshga ekdim qalae otli yorini,
Butog‘ bo‘ldi, Ziyodxonga yarashdi.
IZLAMA MANI
Saning toleyingga aytilgan qasam,
Ko‘pdandir umrimda bo‘ronni quchsam.
O‘zingda hasratman, ko‘zingda yashab,
Qoida bilmayman ko‘zlama mani.
Sani ovutmoqqa so‘zim qolmagan,
Sovugan o‘chog‘im, ko‘zim qolmagan.
Unsizlikka toqat, yuzim qolmagan,
Qoida bilmadim, ko‘zlama mani.
Bu ham bir toledir, bu ham bir baxtdir,
Umrim bulutlandi, muzlarim taxtdir,
Falakning yuzida bir yulduz taqdir,
Qoida bilmayman, izlama mani.
San nola qilasan mendan xabarsiz,
Kezib to‘lolmaysan kengdan xabarsiz,
Boshimni burguvchi jondan xabarsiz,
Qoida bilmayman, o‘ylama mani.
Dunyoga sig‘maydi dardim, ozorim,
Boshqa bir olamga ketgan guzorim,
Boqma ki, ko‘ngildir mening mozorim.
Qoida bilmayman, izlama mani.
Na deyin, o‘zgarur zamonning o‘zi,
Na san gunohkorsan, na menman tuzuk,
San Alloh, yo‘llarda ko‘r qilma ko‘zni,
Qoida bilmayman, izlama mani.
G‘AZAL
Ishqqa giriftor bo‘lgan achchiq ro‘zg‘or o‘ldirdi,
Zamon o‘zi tole qurdi etdi shikor o‘ldirdi.
Va’dalari yolg‘on ekan, bir visolning yo‘lida,
Parvonani sham yondirdi, bulbulni xor o‘ldirdi.
Gul bo‘lmadi g‘uncha umri, xazon likka yaraldi,
Har oshiqning o‘z sevgani nozli nigor o‘ldirdi.
G‘amni o‘zga yaqin tutib, ko‘p adashding, san dema,
Bir hijronga asir etdi qilib bemor o‘ldirdi.
Biyobonni hamdam bildi yolg‘iz emas cho‘llarda,
Oshig‘i–Majnunni faqat, dardi- g‘ubor o‘ldirdi.
Ohu- fig‘on tinglamoqqa sabri kengdir dunyoning,
Dard ichida yig‘laganni nolayi- zor o‘ldirdi.
Ummon bo‘ldi ishq nahrida Ziyodxonning havosi,
G‘ofil kalqon to‘fon kibi uni bir dildor o‘ldirdi.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi