Zelimxon Yoqub (Zəlimxan Yusif oğlu Yaqubov) 1950 yilda Gurjiston Jumhuriyatining Kapanakchi qishlog‘ida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. O‘rta ma’lumotni o‘z qishlog‘ida olgan. 1972 yilda Bokudagi Ozarbayjon Davlat universitetini bitirgan.
1973— 1978 yillarda “Ozarkitob” sistemasida kitob sotuvchi, bosh sotuvchi, sho‘ba mudiri bo‘lib ishlagan. 1975—1985 yillarda Ko‘ngilli Kitobsevarlar jamiyatida muharrir, 1986— 1994 yillarda “Yozuvchi” nashriyotida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.
Shoirning 15 dan ortiq she’riy tuplami nashr etilgan. “Ko‘nglimning ovozi” (1980), “Yo‘lim eldan boshlangan” (1981), “O‘t olgan o‘choqlar” (1989), “Biz bir ishqning rishtasimiz” (1989), “Ziyorating qabul bo‘lsin” (1991), “Shoir hayqirig‘i” (1995), “Bir qo‘li tuproqda, bir qo‘li haqda” (1997), “Bu yashil daraxtning osti bizniki” (2000), “Seni sevmak uchun keldim dunyoga” (2003) kabi kitoblari shular jumlasidandir. Uning “Shoir tolihi” nomli to‘plami frantsuz tilida, “So‘z jomi” kitobi gurji tilida, “Zelimxon Yoqubning hayoti va bir dasta she’rlari” nomli kitobi olmon tilida chop etilgan.
DINIMNING OTI SEVGI
Tillar ayirar bizni, dinlar ayirar bizni,
Shaytonlar nifoq solar, jinlar ayirar bizni,
Sevgilar emas, g‘azab, kinlar ayirar bizni,
Hayotimning, umrimning dinimning oti sevgi,
Mening bitta dinim bor, dinimning oti sevgi.
Ruh odamga berildi. Odamni ruh yaratdi,
Basharni qutqarish-chun kemani Nuh yaratdi,
Savashni, qon-qirg‘inni, qora kunni yaratdi,
Hayqirig‘im, sasimning, unimning oti sevgi,
Mening bitta dinim bor, dinimning oti sevgi.
Hizr, Dovud, Sulaymon, Muso, Iso, Muhammad,
Hammasi etu tirnoq: ishq va sevgi, muhabbat,
“Vahdati vujud” dedi, tanga inondi vahdat,
Namoz, qiblam — yo‘nalgan yonimning oti sevgi,
Mening bitta dinim bor, dinimning oti sevgi.
Sevgi quyosh kabidir: o‘ngga, tersga bo‘linmas,
Tariqatga, mazhabga, sinf, darsga bo‘linmas,
Inglizga, olmonga, rusga, forsga bo‘linmas,
Turkimning, arabimning, chinimning oti sevgi,
Mening bitta dinim bor, dinimning oti sevgi.
Ildizim, butog‘imning, tizimning, tirgagimning,
Ruhimning, nafasimning, jonimning, yuragimning,
Tandirim, tog‘oramning, tuzimning, churagimning,
Sunbulimning, dalamning, tanimning oti sevgi,
Tug‘ilganimda sevgi, o‘lmagim ham sevgidir,
Hayotimning, qalbimning, so‘ngimning oti sevgi,
Ruhimning, nafasimning, jonimning oti sevgi.
Mening bitta dinim bor, dinimning oti sevgi.
MENGA UMID KABI BOQ
Menga umid kabi boq: tiklayman gumoningni,
Menga bir nur kabi boq: tarqatgum tumaningni,
Menga inonch kabi boq: yo‘l bermay xiyonatga,
Menga sevgi kabi boq: aylanay muhabbatga.
Menga sahar kabi boq: o‘grilay sabohingga,
Menga sevinch kabi boq: nuqta qo‘ygum ohingga,
Menga bahor kabi boq: yashillanay, ollanay,
Menga kuzak kabi boq: shiralanay, bollanay.
Menga hayot kabi boq: qaynay, yosharsin yoshim,
Boq, menga ko‘z tikishgan: otam, onam, qardoshim.
Basharti menga boqsang barmoqlar orasidan,
Qutulolmam hech qachon yuragim yarasidan…
Demak, qalbimga qadar, demak siynam dog‘isan…
Bu ketishda ey inson!
Na men balandlashaman, na sen yuksalajaksan!
XALIL RIZO
Qorabog‘ urushida halok bo‘lgan shoir, general Xalil Rizo 23.06.1994 yilda tuproqqa berilarkan:
Senga qanday alla aytay, sof imonim Xalil Rizo,
Sensiz kuylab o‘tgan emas biron onim Xalil Rizo.
Ostim ustimga aylandi, tuman tutunga aylandi,
Dunyo qasdimga aylandi, oqdi qonim Xalil Rizo.
Saroylarim vayron bo‘ldi, jon erigan shamga do‘ndi,
Tim qorong‘i shomga do‘ndi nurli tongim Xalil Rizo.
Sensiz qancha tog‘lar yarim, butun edim, qoldim yarim,
Guldan shira tortmas arim, to‘lmas shonim Xalil Rizo.
Ovchi otgan bir ov bo‘lding, sochimdagi qirov bo‘lding,
Jonimdagi olov bo‘lding, yondi jonim Xalil Rizo.
Miraziz A’zam tarjimasi
BIZ NEGA SEVMADIK BIR-BIRIMIZNI?
Er gulni, tog‘-tog‘ni, dasht-dashtni sevdi,
Tangri noxos berdi naqqoshni sevdi,
Ko‘z-ko‘zga boylandi, qosh-qoshni sevdi,
Biz nega sevmadik bir-birimizni?
Chamanlar tuproqqa xolni chegirsa,
Xolida yashilu olni chegirsa,
Ari chechaklardan bolni chegirsa,
Biz nega sevmadik bir-birimizni?
Yulduzlar sachrashib ko‘z tikar oyga,
Chashmalar yig‘ilib, to‘kilur soyga,
Sevganlar kelishsa har kun dunyoga,
Biz nega sevmadik, bir-birimizni?
Gul yerdan kuch olur, tomir qoyadan,
Ko‘z yoshdan qizarar, chechak havodan,
Suzilib kelganda ko‘kdan ma’vodan,
Biz nega sevmadik bir-birimizni?
Umr ko‘z yumguncha fursat oz desa,
Ko‘ngil so‘ng nafasda singan soz desa,
Uchib qo‘limizdan ketgan g‘oz desa,
Biz nega sevmadik bir-birimizni?
Umr ham sevinchli ham ohli bo‘lsa,
Parvona yangisi, shom mohli bo‘lsa,
Odamning jannatda ham ohi bo‘lsa,
Biz nega sevmadik bir-birimizni?
Vagish go‘zallarning o‘par izini,
Har dam shivirlamay aytar so‘zini,
Shalola qoyadan otar o‘zini,
To‘fon tag‘in sevar, dolg‘a dengizni,
Biz nega sevmadik bir-birimizni?
BORJALI
Odam ato, Momo havo, Nuhmidi,
Yurakmidi, nafasmidi, ruhmidi,
Og‘ridimi, achidimi, ohmidi,
Kimning kuni kuy askiya tuyilgan?
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Necha dafa atadilar otini,
Birinchi bor bermadilar dodini,
Do‘stga berdi yuragining otini,
Do‘st dilida azizlagan, o‘yilgan,
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Zaharmidi, shakarmidi, bolmidi,
Suratmidi, naqshmidi, xolmidi,
Taxqirlangan, yot qo‘lida so‘yilgan,
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Po‘lat kabi tufonlarga o‘ch bo‘lgan.
Quvvat kabi qo‘limizda kuch olgan,
Nomus Allox, bu Borjali deyilgan?
Tabriz kabi ham yakindir, hamda yod,
Darband kabi ham g‘amlidir, hamda shod.
Kuychi kabi har onida yo‘q imdod,
Xaqqi edi tilka-tilka yeyilgan –
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Soya kelmas qayg‘u bilan yuklangan,
Baxtsizligi ko‘rkamlikday tuyilgan,
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Yoddan chiqib yaxshiligi avliyo,
Qo‘ldan ketib sultonligi boyligi,
Ko‘tarolmas gadoligin, soyligin,
Dushmanidir dushmanlarga ayirgan,
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Ichimizda qolgan ohmi gunoxkor,
Odil shohmi, Nodir shohmi gunoxkor,
Yuz bandami, bir Allohmi gunoxkor,
Hech bilmadim kimki tuygan, tuyilgan-
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Qaraganda ko‘l-oyog‘i kesilgan,
Tomir-tomir tovonidan so‘yilgan,
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Luqmalari yot og‘izga berilgan,
Parcha-parcha sotqinlarga sotilgan,
Qarich-Qarich o‘zgalarga otilan,
Unutilgan, chap qul ila titilgan,
Yo‘lin izi ko‘z yoshila yuvilgan,
Nomus Alloh, bu Borjali deyilgan?
Hasratiga kim boqmadi, kim boqar,
Xurragiga kim chidaydi, kim chidar,
Kuyganida kim ayrilgan, kim yotga,
Vatan bilmas nelar ko‘rib ayrilgan,
Nomus Alloh, Borjali deyilgan?
O‘ylaganni ko‘rdim yana mard ko‘rdim,
Mardlaringda tog‘lar kabi dard ko‘rdim,
Dard chekkanni qoya kabi shart ko‘rdim,
Turishini g‘amli ko‘rdim, shart ko‘rdim,
Aman Alloh! Na baloli yurt ko‘rdim,
Shunday Alloh, bu Borjali deyilgan?
Yaralari ko‘z-ko‘z bo‘lgan, ko‘zlangan,
Ko‘zin nuri, to‘kilganu, bulg‘angan,
Suymish Alloh, bu Borjali deyilgan?
Dilbar Haydarova tarjimasi