Vohid Mammadli (1965)

Vohid Mammadli (Vahid Məmmədli) 1965 yil 6 yanvarda Ozarbayjonning Qazax tumanida tug‘ilgan. Mashhur shoir, yozuvchi, olim, publitsist. Uning “Bronza xudosining yuki” (2007), “Jallod shoshilishni yoqtirmaydi” singari detektiv romanlari Moskvada chop etilgan.
Vohid Mammadli Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalqaro huquq bo‘yicha falsafa doktori. Bokuda yashab ijod qiladi.

XXI ASRNING ShE’RI

Aqlsizning uyqusi ham
chala bo‘lur…
Kosiblarning umidlari g‘uncha ochmas,yomon so‘lur.
Darzilarning ko‘chasida iyna sotma,
ko‘p yig‘lagan bola kabi
hey sut emib
bosh og‘ritma…
Ming qarg‘ani qovmoq uchun
bir tosh yetar.
tulki qo‘rqmas
ming yaprog‘i tebratsada
shamol agar…
Qo‘ldagi to‘ri ham
daryoda to‘lmas
baliqqa yem bo‘lur
Baliqchi bo‘lmas.
in’on toshdan qattiq,
guldan nozikdir
Kulguning umri oz,
dard o‘lgunchadir.
Bir kun kelar
tangri so‘rar…
Sen masjidda mushuk eding,
sichqonning ham
Allohi bor…

SIGARET

Qutidagi eng so‘ngginchi sigaret,
Yondiraymi? Yon manimdek…
San ham tanho, manda yolg‘iz…
Sen bir marta o‘lursan,
Yondirilsang adosan.
Men kunda necha bora, yondirildim, tirildim.
Balki hech yondirmadim?
So‘ngisisan…Yondirar…
Kechaning qaroligi,
Sabohni yupantirar…
Saralanib qutida,
Qaysi biri gulladi
Bir qiz uchun yoniblar.
Qancha yurak titradi
Bir qutisi tugasada
dardimga yana yetmas
Sigaretning donasi
Tark etgan mingi yetmas.
Tanhoman bu sahroda,
Kimdan olay sigaret.
So‘ngi do‘stim sandan,
yondiraman,sen ham ket…

* * *

Men sening umringga bahor keltiray,
Muzlari yerisin sellarga do‘nsin.
isitsin siynani issiq nafasim,
Qo‘limda qanoting gullarga do‘nsin.
Men sening umringga bahor keltiray.

So‘ngra qo‘llaringni olay hovchimga…
bir hafif ufuray isinsin bir oz.
Nozli kulgu qo‘nsin dudoqlaringga,
Men senga jon deyman,sen degan…bo‘lmas…
Men sening umringga bahor keltiray…

Uzoq tur…demoqqa titrasin sasing,
Ohni o‘g‘irlayman dudoqlaringdan.
O‘rtanib, qizarib, tutilsin tilim,
qo‘llarim donishim yonoqlaringda…
Men sening umringga bahor keltiray…

Men sening umringga bahor keltiray,
Dalli qo‘llarimni, jonni qarshi ol.
Qo‘y maftun aylasin bu sevgi seni…
Qishning avjida ham meni qarshi ol…
Men seni umringga bahor keltiray…

Dilbar Haydarova tarjimasi