Topdiq Alibeyli (1961)

Topdiq Abish o‘g‘li Alibeyli (Tapdıq Abış oğlu Əlibəyli) 1961 yil 1 iyulda Ozarbayjonnning Yordamli rayonining Burzunbul qishlog‘ida tavallud topgan. Ozarbayjon Davlat pedagogika universitetida oliy tahsil olgan. Shoirning 22 nomdagi kitoblari chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi.
Ozarbayjon Oqsoqollar sho‘basi, Turk oqsoqollari birligi tashkiliy komissiyasining a’zosi, “Hayrat”, jurnali va “Konstitutsiya” gazetasining ta’sischisi va bosh muharriri. “Qizil qalam” sohibi.

TANGRI NURI

Dunyoning kashfini, bashar shaklini,
Ko‘rgan tark etarmi Odam qo‘llarin?
Inson siyoqida yurgandir balki,
Qobilning Hobilga nafrat, kinlarin. .

Og‘och ham, hayvon ham, qush ham, po‘choq ham,
Buyuk yaratgangan eturlar sajda.
Basharning avlodi ilkidan uzoq,
Iblis amallarla, kelibdir vajda.

Birovi birovga qasd etgan zamon,
“Jonidir”- degaymiz, berilmas omon.
“Olimdir” degaymiz, shayton
Fahmiga,
Qirg‘in- barotlarni kashf etgan inson.

Iblis yuraklarda yurganda kezib,
Banda Tangrisiga chiqibdi sherik.
Haqqa tayoq kelgay, ammo ne yoziq,
Malak libosida ko‘pimiz erib.

Ketganimiz yo‘ldan kerak bo‘lmadik,
Qayda ki yo‘q edi shayton amali.
Xalq etgan kam boqmas yaratguvchiga,
Tangriga uzansin bandaning qo‘li.

IYMON ShAVQI

Rabbimizning rahmon-rahmi,
Yaratganning qudrat – fahmi,
Ko‘k yuzidan yerga qadar,
Yaratganga muhabbatdir.

Dunyo tushar holdan-holga,
Mutloq bizni yaratganga.
“La iloho illolloh”la
Islom dini hidoyatdir.

Ozondagi sasing sehri,
Balog‘atning e’zoz, mehri…
Asrlarning yuzi bori,
Qur’ondagi bir hikmatdir.

Zamon-zamon payg‘ambarlar,
Yaratgandan berdi xabar.
Suralari dilda yashar,
Muhammatdan omonatdir.

BIR SAHAR ILHOMI

Oqarib ko‘rinar saharning ranggi,
Xoliqning xilqatga yorug‘liligi,
Dunyo avvalidan ilohiyligi,
Eritur ichida nur qarolig‘in.

To‘kilur ustimga sahar shafag‘i,
Quyosh tabassumin so‘roqlaydi oh.
Qushlarning to‘xtamas o‘tkinchi sharqi,
Salqin saharlarni daraklaydi moh.

Tuyg‘u qanotida gullayverar so‘z,
Hayrat ilhomida misra-misraman.
Tomosha etmakna istar ikki ko‘z,
Tinur go‘zalliklar: barin asraram…

OZARBAYJON TANGRI YoZGAN IYMONIM

Azamatim, xilqatimdir bu tuproq,
Azalda ham qudratimdir bu tuproq,
Abadiy bir haqiqatii – bu tuproq,
Ozarbayjon – tangri yozgan makonim!

Shahidlarning omonati, bu tuproq,
Er yigitlar diyonati bu tuproq,
Dunyolarning saltanati – bu tuproq,
Ozarbafjon tangri yozgan makonim!

Oy – yulduzli chirog‘imdir bu tuproq,
Hurriyatim, bayrog‘imdir bu tuproq,
Kimligimdir, o‘chog‘imdir bu tuproq,
Ozarbayjon – tangri yozgan unvonim!

Dilbar Haydarova tarjimasi