Sulaymon Abdulla (1965)

Sulaymon Abdulla (Süleyman Abdulla) 1965 yili Ozarbayjonning Kedabek shahrida yilda tug‘ilgan. Universitetda muhandis-riyozatchilikka o‘qigan. Shoir, publitsist, nosir. “Press aks-sado” va “Mantiq dunyosi” gazetalari bosh muharriri. Uning qator kitoblari Bakuda chop etilgan. O‘zbekistonda ham roman va she’riy kitobi tarjima qilinib, chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.

SOYaLAR YIG‘LAMAS

Maning bu holimga bo‘lmagin hayron,
Man jonli soyaman yerga tayangan.
Men kabi yig‘laydi, tog‘larda jayron,
Sen qaydan bilasan, kuygan kim, yongan.

Odam suratida, odam to‘nida,
Turgancha tovushsiz bosh-toshiman man.
Tosh bo‘lish istagi shakli fonida,
To‘kilib qurigan ko‘z yoshiman man.

Qabr sukutidir manim sukutim,
Dunyolarning sabri sabrimni chaymas.
Yo‘ldan o‘tganlarga ko‘rsatma mani,
Odam qabrlarga qo‘lin uzatmas.

Qabr odam uchun na sahar, oqshom,
Qabr dunyosining dunyosi bo‘lmas.
Men o‘lsam jasad-la kimga qolmisham,
Boshi tosh soyani hech kim qucholmas.

Nari ket, mening ham quvraldi jonim,
Birdan ko‘klamayman ko‘z yosh ichida.
Hayqirib yig‘layman o‘lmagan kabi,
Rasmlar yig‘lamas bosh tosh ichida.

BAXT YoZIG‘I

Birda ko‘rursanki, ayniydi havo,
Yozning o‘rtasida g‘ofil qor yog‘ar.
O‘zi kulimsirab, so‘zi kuldirgan,
Odamning qalbidan ohu-zor yog‘ur.

Chiqqani shotidan tushgan part tushar,
Yumshoq kreslosi oson shart tushar,
Avvalgi rohatdan keyin dard tushar,
Goh dunyo boshiga g‘amli, dor yog‘ur.

Olamning hush kuni mayda-maydadir?
Butun nidolarning so‘nggi “nash’a”dir…
Sabohda eski dard yana qo‘ziydi,
Oq-qora yog‘ochning tuti har yog‘ur.

Yana unutganim yo‘lda bir san bor,
O‘ngu-so‘lda tuman, orqada san bor…
So‘zning tushgani bor, ko‘zim tushgan bor,
Manim ko‘zlarimdan odamlar yog‘ur…

TONGGI ShE’R

Yana surma ko‘k yuzini,
Qancha bersa bera qolsin.
Ufqlari ol quyoshga,
Bulutlarni bera qolsin.

Nur kechada yulduz sanab,
Oy ishqini obor yora.
Cho‘qqilari oppoq qora,
Daralari selga qolsin.

Xush tilak tut, yurak ochgan,
Zo‘r amaldan marddir qochgan,
Seva-seva ishqin sochgan,
Kumush daraxt yashab qolsin.

Tangri sevar harakatni,
Keyin berar zarofatni.
Bersin xudo barakotni,
Vatan sevgan qola qolsin.

Har ishda azaldir odam,
Ketar odam, kelar odam.
Er yuzida to‘la odam,
Kelsa kelib bunda qolsin.

OQ TUT, QORA TUT

O‘zini g‘oz tutib silkilgan tutdek,
Tuproq odamlarga qasd aylama ko‘p.
Qayta unutmasman, o‘zi unutdek,
Mani hasratingla mast aylama ko‘p.

Deyur dona-dona ko‘zimga oq tut,
Ko‘zimning qorasi-oqi bu bog‘dir.
Shuncha ko‘klik ichra bitib chatgan tut,
Bir butoq qoradir, bir butoq oqdir.

Hazordan berida mahliyo soyi,
Bo‘stoni bosh bilib aylar atir tosh.
Qaydan quyrug‘ila quyib muljalni,
Tutun qo‘ldosh bilan yetur olabosh.

Odammish bir sho‘rlik, bari bir usta,
Ichganing eng sho‘ri sut kunidadir.
Olabosh tikilar qo‘llari ustda,
Baqirdim, tosh otgan it kunidadir.

Otaman qanora tut chivig‘ini,
Harifni tutmoqqa havasim qusur.
Shohida tut yegan qarg‘a ag‘anar,
Tutning ahvoliga nafasim qisar.

Deyurman hoy, bola kelib yig‘, obor,
Otgan toshlarini havoda boq, tut,
Bir kun tersa tushib boshingni topa,
Dushganda qoshingga boshingni sog‘ tut.

Odamning asabi tutganda yomon,
Biroz hayajonin bosib silkila.
Toshdek bo‘g‘zigacha tikilgan hamon,
Jonini olgudey tutib silkila.

Boshiga tushganda g‘amlarning yuki,
Toshlarning burchidir, bo‘yniga tushar.
Qaydan yetishmoqni tusaydi bari,
Ship-shirin bir o‘g‘ri qo‘yniga tushar.

Mahkam tut silkila tuti bor deya,
Oq tushur o‘zining qorasi bu kun.
Naqadar go‘zaldir, bari bor deya,
Og‘ochla tuproqning orasi bu kun.

…So‘ngra chiqib ketur tosh otgan odam,
Qoshi orasiga tegadi toshi.
Sachrab ko‘tarilmish shohdagi odam,
Og‘ochning ustidan tushadi toshi.

Tosh otib oltinga bosh tutganim na,
Otilgan ne bo‘lsa oldimga tushdi.
Hayratdan deymanki, – unutganim na? –
Sanga tut degandim, – yodimga tushdi.

Yo‘qdir bu havoda yana noz yeri,
Qayta o‘ynamayman, o‘yna, unutdik.
Qolmadi hech nening e’tiroz yeri,
O‘zini salgina silkila tutdek…

* * *

Oq ko‘ylakli, umid ondir degandik,
Tugmaladik yig‘ib olib bo‘g‘izga.
Galstuk rangining milliyligi yo‘q,
Ilgakladik mahkam qilib bo‘g‘izga.

Loti-poti haqqimizni mo‘rt yegay,
It talaydi borimizni qurt yegay,
Cho‘limizni eldan ketgan yurt yegay,
Ichimizdan og‘rik kelur bo‘g‘izga.

Sirdan tushar shodmon odam jamol-zod,
Kerak esa nodonlarga kamol-zod,
Har kun bir oz ruhdan tushur amal-zod,
Ozodlikdan yiqilamiz bo‘g‘ozga.

Iymon abad, iymon shior ol emas,
Ko‘zlaringni yerga qada sol, emas,
Navkar-navkar oy boshida lol emas,
Odim-odim chiqayapmiz bo‘g‘izga.

* * *

Bir taraf bulutmish, bir taraf quyosh,
Bir maysa yashillik poyimizdadir.
Bir xovuch umidning tushgan turonga,
Kechalar sham emish oyimiz bizning.

Goh toza, goh balchiq-umr yo‘limiz,
Nega bo‘sh tushardi ko‘k duldulimiz.
Qaydan bu gullarning tutgan qo‘limiz,
Qon rangin olardi choyimiz bizning.

Jimlik sig‘inganda nash’a tushardi,
Ba’zan sukutimiz sasga tushardi,
Baloli kunimiz qoshga tushardi,
Yaqin yo‘latmasdi sasimiz bizning,
Ortiqcha azaldan shoyimiz bizning.

Jonimiz havodir havo yetmaydi,
Ipimiz hozircha bo‘yga yetmaydi,
Bor edi do‘stimiz to‘yga yetmadi,
Dushmanga to‘y edi, ayrilig‘imiz.

Vaqtida chalinmas yuzimiz bilan
Ko‘piga ko‘p edi ozimiz bilan,
Qishdan zo‘rg‘a chiqdik yozimiz bilan,
Chiqdi jonday endi ayrilig‘imiz.

Tutdi bo‘yi-boshi, ya’ni jahannam,
Agar jannat bulsa, qani jahannam?!
Topshirdik savdoni joni jahannam,
Asli iblis emish aslimiz bizning.

* * *

Yana xastalikka berdim jonimni,
Chekaman dunyoda ne ozor bo‘lsa.
Manim bu dunyoda na bek-bozorim,
Hisobi bir dunyo bek-bozor bo‘lsa.

Yashadim bir umr balandda tog‘da,
Sog‘ jonni chiritdim, baloli chog‘da.
U baxtga yozilgan qorada-oqda,
Birda oq yozarmi baxt yozar bo‘lsa.

Erkin cho‘lga chiqqan do‘nar kech yerga,
Yonimda bir yer ham borsa zich yerga,
Qadani ozdirib qochsam hech yerga,
Kelib manga chiqar g‘am, ozor bo‘lsa.

Yana misol degil, so‘zin havosi,
Yaxshiyam, firoqdir ishin fanosi.
Ko‘z yoshi to‘kmakning nadir ma’nosi,
Kim-kimni tinglayur, dard-hazor bo‘lsa…

* * *

Yana san ham o‘zga aylan,
Man o‘zimga qaytayin.
Jonim chiqar, tuman, tuman,
Jon ko‘zimga qaytayin.

Oshiq yo‘lda ko‘zingni yum,
Ko‘kda yulduz, sahroda qum.
Bog‘da chechak, zamindir jim,
Dim so‘zima qaytayin.

Bu ne edi, bu ne tadbir,
Na ikkidin, sus na da bir.
Sandan kechib g‘amli sabr,
To‘zimimga qaytaman.

* * *

Yo‘lga chiqma, yo‘ldan chiqma,
Yo‘ldan chiqqan yer deyilgan.
Oy sog‘ emish sog‘in uqma,
So‘lga chiqqan yer deyilgan.

Eri jilva ha shod, yeri,
Eri degil, yo sot yerni.
Bormish yorning kasod yeri,
Bol to‘kilgan yer deyilgan.

Sog‘insang gar, bu choqqa chiq,
Kuncha turmas, bu choqqa chiq…
Sig‘sang, yayrab kuchoqqa sig‘,
Qo‘lni tashlab ber deyilgan.

Dol-dol bo‘ldi dalli doling,
Men ketaman, eson qoling.
Mazlumlardir oyoqyalang,
Qo‘lni tashlab ber deyilgan.

* * *

Bilmayman, ko‘pmidi mendan umiding,
Bari ozning ozi bo‘lsa na borki…
Olishdi og‘zingda ochib-yumganda,
Jilmayib, so‘zlasang nega yararki…

Jonim yashamoq yo‘q, to‘zim o‘rgandi,
Bir ko‘ngli qattiqdan, dili qabodan.
O‘zim jahannamga, ko‘zim o‘rgandi,
Bizga darddir me’ros ota-bobodan.

Cho‘limiz yondirur, ichimiz yonur,
Kim-kimga o‘t berur, qo‘y o‘zi bilsin.
Biri inontirur, biri inonur,
Yolg‘onga o‘rgangan, to‘g‘rini bilsin.

Sotilgan, yer ham yo‘q kechib ketmoqqa,
Ko‘rsatib shoirning, so‘zin nizosin.
Imkon ham qolmagan, qulay etmoqqa,
Kuchlidir Ollohning muhofazasi.

* * *

So‘zing yoqasidan hech kim tutolmas,
Qo‘ling yozishidan hech kim qocholmas,
So‘zingni toshini toshdek otolmas,
So‘ng umiding sen ikkiga bo‘lmaysan,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rmaysan!

Baxtingga yor bo‘lib alishganlarni,
Ollohning ishiga qorishganlarni,
Odam va Havoga yorishganlarni,
Ochko‘z maydonida yana kulmaysan,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rmaysan!

Tutib bo‘lmas bu dunyoning nafsini,
Harom, halol yo‘llarining qabzini,
Bir kun kelar toshiradi sabrini,
Sabrni ham bo‘yningga mindirmaysan,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rmaysan.

Uzoqda qoldirib talon qalbini,
Qalamda sovutding yongan qalbini,
Asramoq qiyindir bolang qalbini,
Eringda ko‘klagan dali ko‘rmisan,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rmaysan.

Yarador vatandan umidlaring ko‘p,
Bu boqiy dunyodan olarlaring ko‘p,
Qalbingga, ko‘nglingga demoqlaring ko‘p,
Balki mo‘jizasan, balki pirmisan,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rmaysan!

Yarador vatanga boshi tushgansan,
Qorabog‘ shikastasi, kami ko‘stisan,
Azaldan millatning ko‘zi ustisan,
Qora kuni oq kunlarga bormisan,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rgansan!

Millatning tilida oting yashaydi,
Dardlaring dardiga yaqin yashaydi,
Qalblarni yondirgan oting yashaydi,
Ona nafasida – Qur’on istasang,
Bu dunyoning har yuzini ko‘rmaysan!

Dilbar Haydarova tarjimasi