Parvona Nazir qizi Mammadli (Pərvanə Nəzir qızı Məmmədli) 1966 yilda G‘arbiy Ozarbayjonda tug‘ilgan. Shoira, dramaturg. “Oshiq pari injalari” uyushmasi a’zosi. She’rlari vaqtli matbuotda bosilib turadi. Qator she’rish kitoblari bor. Bakuda yashab ijod qiladi.
* * *
Unutmangiz ellar mani,
Yurtning shoir qizi manam.
Ohuning dardi-sitami,
Yozilmagan yozi manam.
Nozi tushgan baxt yozganim,
G‘amla qaynaydi qozonim,
Puch bo‘lsin baxtim pozmonim,
Dardlarning o‘zi manam.
Ta’bim meni chekdi o‘za,
Vurg‘un o‘ldim soza, so‘za,
Yurt hasrati soldi do‘za,
Elning ko‘rar ko‘zi manam.
Parvonaman, so‘zon dilim,
Kel, ey bulbul, ketma ulam,
Ketsam, qaytib birday kelam,
Siniq qalbning so‘zi manam.
* * *
Mening kabi dard ahlidan,
Ne toparsan, tomay bulbul?
Zulmkorsan o‘z ishqingga,
Biroz aylan demay bulbul.
Tushmasin ishqing bo‘yningga,
Boqmaysan-a o‘ng-so‘lingga,
Xazon bermish gul qo‘lingga,
Berma belga dam, ey, bulbul.
Men ketarman, ko‘zdan ketay,
Quriq bir sahroda bitay,
Hasrat aytdi menga sitam,
Vaqtim bo‘ldi kam, ey, bulbul.
Parvonaman, og‘ir doshim,
Ko‘p balolar ko‘rdi boshim.
Oqdi siynamga ko‘z yoshim,
To‘lib toshdi jom, ey bulbul.
Dilbar Haydarova tarjimasi