Oshiq Alasqar Alimamed o‘g‘li (Ələsgər Alməmməd oğlu), IX – XX asr ozarbayjonlik oshiq aytuvchilarning eng mashhuri bo‘lgan. Uning nolali ovozi butun turk dunyosini maftun qiladi. Ozarbayjon xalq folklorining rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.
TUShDI
Chorshanba kunida, chashma yonida,
Ko‘zim bir olako‘z xonimga tushdi.
Otdi mujgon o‘qin o‘tdi siynamdan,
Jodu g‘amzalari qonimga tushdi.
Ishorat ayladim, dardimni bildi,
Ko‘rdim ham go‘zaldir, ham ahli dildir.
Boshini buradi, ko‘zlari kuldi,
Kulganda sadosi jonimga tushdi.
Alasqarman, har ilmdan holiman,
Go‘zal, san tabibsan, man yaraliman,
Dedi:nishonliman, o‘zga moliman,
Sindi qo‘l-qanotim, yonimga tushdi.
GULLI
Tovus kabi qalqding chashma yonida,
Jami go‘zallarning go‘zali Gulli.
Olmadek yanog‘ing, billur buqog‘ing,
Dudoqlaring moyli, mazali, Gulli!
Qiyo boqding, mani solding zillatga,
Yusuf kabi necha tushdim g‘urbatga,
Hijron g‘ami meni solib muhlatga,
Sani ko‘rdim, dardim azali, Gulli!
Alasqar qurbondir, oy bo‘ylikkina,
Injudan, marjondan tuzib ko‘ksina,
Tarso yuzin ko‘rsa, tez kirar dinga,
Olim ko‘rsa, ketar soz ola, Gulli!
KERAKDIR
Oshiq bo‘lib, tarki vatan bo‘lganning,
Avval, boshda pir kamoli kerakdir.
O‘tirib – turmoqning odatin bilib,
Ma’rifat ilmida to‘la kerakdir.
Xalqqa haqiqatdan matlab qondirib,
Shaytonni o‘ldirib, nafsin yondirib,
El ichida pok o‘tirib, pok turib,
To‘lishiga xush sadolar kerakdir.
Tanishining so‘zin qimmatin bilib,
So‘zlaridan lali gavharlar tizib,
Mijozi tanishib, mijozi kulib,
Tamom so‘zi muammosi kerakdir.
Orif, bo‘lib iffat ila so‘z qani,
Nomahramdan shart aylarga mani,
Soat kabi mayli haqqa to‘lganga,
To‘g‘ri qalbi, to‘g‘ri yo‘li kerakdir.
Alasqar haq so‘zin isbotin berar,
Amalin farishta yozar daftarga,
Har yonni istasa, boqqanda ko‘rar,
Tariqatda bu savdoli kerakdir.
SARIQ KO‘YLAK
Jilvalanib, qarshimda turodirsan,
Jonim senga qurbon, ey sariq ko‘ylak!
Malaksan, chiqibsan, jannat bog‘idan,
Hech kim bo‘lmas senga teng, sariq ko‘ylak!
To‘yib bo‘lmas ishva, g‘amza, nozingdan,
Qora kaklik kabi xush ovozingdan.
El burdi, to‘lg‘ondi o‘tdi izingdan,
Kela bildim, tug‘di Oy, sariq ko‘ylak!
Go‘zalsan, tarifing aytgan mahalda,
Zar kamar yarashur qomati dolga,
Lab g‘uncha, tish inju, yonog‘ing lola,
Chizilib qoshlaring yoy, sariq ko‘ylak!
Gardanga yarashur qizil qaboying,
Ko‘rayin aqlingni aylaysan zayil.
Hasrating chekkanlar bo‘libdi sayil.
Yig‘ar eshiklardan haq sariq ko‘ylak!
To‘ti dilli, sarv bo‘yli Salotni,
Yo‘qmi marhamati bu saltanatni?!
Yubor kelsin Alasqarning oq to‘nin,
Aylama mehnatni zoye, sariq ko‘ylak!
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi