Najot Mamedov (1982)

Najot Mamedov (Nicat Məmmədov) 1982 yila tug‘ilgan. Shoir, tarjimon, filolog. Ozarbayjonda Iosif Brodskiy she’riyati haqidagi ilk monografiyaning muallifi. Ozarbayjon shoirlarining asarlarini rus tiliga o‘girgan. 2004 yilning “Eng yaxshi tarjimoni” mukofoti sovrindori.

* * *

O‘yinqaroq bolalarning
qo‘llaridan yulqinib chiqqan
varraklarning qulab
tushishi tayin.

* * *

Nazmu nasr bilan toptalib
so‘qmoqlarga aylantirilgan
qal’aning jin ko‘chalariga
bag‘ishlanar ushbu satrlar.

* * *

Mangulik muddatga
yolg‘iz kafolatdir
yulduzlar-la
bezangan osmon.

Ruschadan Fayzi Shohismoil tarjimasi.