Najiba Ilkin (1961)

Najiba Ilkin Bobokishiyeva (Nəcibə İlkin Babakişiyeva) 1961 yil 22 iyulda Ozarbayjonning Tartar rayonida dunyoga kelgan. Moskva Texnologiya Universitetining filologiya fakultetini bitirgan.U hozirgacha 400 yaqin kitoblarning muharriri va so‘zboshi muallifidir. Shoira sifatida o‘nlab she’riy kitoblar muallifi. 2006 yilda ta’sis etilgan “Ozod qalam” gazetasi va “Ali ziyo” jurrnalining bosh muharriri.

* * *

Hech bo‘lmasa xasta chog‘im yotganda,
Boshingning ustida tayanay qardosh.
Qo‘llaringni olib alam ustida,
Dardingla olishib qolganda qardosh.

Do‘nardi ko‘zlari yosh bulutiga,
To‘shardi hasratning, g‘amning o‘tiga.
Bir go‘zal kunlarni solib yodiga,
Siynasi dog‘lanib, tolganda qardosh.

Deydilar qardoshni boshining toji,
Unsiz har kalima, har so‘zin yodi,
Yodga qardosh desa yuksalib boshi,
Yuragi og‘riydi, bu damda qardosh.

Bu foniy dunyoda, ketarmiz, qayga,
Hammaning qalbida bir hasrat yara.
Chekingga tushganda, tushganda dorga,
Doyalik uylarga bog‘langin qardosh.

Otaga o‘g‘ildir, onaga bola,
Opaga sirdoshdir, qo‘nimga imdod.
Deganda dardini aylamasin dod,
Sani tark aylagach, dil qona, qardosh.

MANI YaNGITDAN YaRAT

Alloh boshiga do‘nay,
Meni yangidan yarat.
Yuragimni qattiq qil,
Ichiga toshlar qama
Mani yangidan yarat.

Sabrimni yo‘g‘imdan os
Ruhimni qayta ko‘kla.
Dardimni ko‘zimdan os,
Ahvolim so‘zla qayt
Mani yangidan yarat.

Bir o‘chog‘man tushdim yo‘q,
Kulim ko‘kka sovrildi.
Yolqiz qizman, dastim yo‘q,
Umrimni kim olsa sot,
Mani yangidan yarat.

So‘zimda hasrat to‘la,
Baxtimga yoqqan toshman.
Mandan kulma bir yo‘la,
Dardlari ko‘p ko‘z yoshman,
Mani yangidan yarat!

DARDIM BO‘LIShING

Dardimni bo‘lgani qoling,
Naq ustimda uchiraman.
Orzularim uchar tayin,
Toshmog‘idan ko‘chiraman.

Alamlarda safolandim,
Ichimga to‘kib qonini.
Bag‘rimga bosib ketaman,
Dunyolarning yolg‘onini.

Fikrlarim chappar urib,
Ichimda so‘zim talanur.
Bilganlarim tutar qurib,
Qalbimda do‘zim talanur.

Umr o‘tar varaq-varaq,
Hazon bo‘lib jon ichida.
Ruhim kezur siniq xarob,
Ahvolimni kim eshitar.

Qora kiygizda oq yolg‘on,
Vatan, vatan tilak aytur.
Haqsizlikda qolgan ellar,
Har yetganga qo‘l uzatur.

Dilbar Haydarova tarjimasi