Moyil Hasan o‘g‘li Memmedli (Mayıl Məmmədli Həsən oğlu – Mayıl Asiman) 1961 yilda Taftar rayonida Yerevanli qishlog‘ida tug‘ilgan. Ozarbayjon davlat san’at institutini tamomlagan. She’rlari Yevrosiyo shoirlari antologiyasida chop etilgan. “Ishqim” nomli she’riy kitobi chop etilgan.
DUNYo
Tushadi boshimga, qabirga qadar,
Yomon bir o‘t qo‘yding, ichimga dunyo!
Tikilgan libos ham sig‘mas egnimga,
Solding to‘g‘ri kelmas bichimga dunyo!
Balki bir amalmi, shuhrat berdingmi,
Tuzalmas yaramga shavqat berdingmi?!
Yo‘qsa davlat berib, sharbat berdingmi,
Qurt solding “besh qo‘tir holimga” dunyo!
Birda yo‘llarimda haqqim qodibdir,
Sanga aytilmagan zaqqum qolibdir,
Boqding haqoratday, “hech” imga dunyo!
Solganing sehrda, sirda kularsan,
Tuzumning qoldig‘i yerda kularsan,
So‘ngra soqqa chekib, bunda kularsan.
Ko‘chganda qarachi ko‘chimga dunyo!
Arzon tarifingdan ko‘pi yollanib,
Muhabbat ozorda turar sollanib.
“Tirilib” tishlardim, bilsam yollanib –
Kelursan yodimga, achinma dunyo!
BO‘LGANDA
Istar yaxshi bo‘lsin, istar puch bo‘lsin,
Odam komillashar o‘zi bo‘lganda.
Sani ham qizdirar, o‘zi ham qizir,
Ko‘ksingda bir butun ko‘zi bo‘lganda.
Yurak bir borliqdir, ko‘zdan suv ichar,
Yillar bir bichuvchi, turmadan bichar.
Inson ko‘chganda ham, oxirdako‘char,
Bo‘ylanib, boqmoqqa izi bo‘lganda.
Xo‘roz sevilmadi toji bo‘lsa ham,
Jon qardoshi singil – boji bo‘lsa ham.
Talamoqdan qo‘rqma, achchiq bo‘lsa ham,
Tilingda dil kabi to‘zim bo‘lganda.
Ko‘rsang- o‘zingni ham ko‘rmoq go‘zaldir,
Egilmas umr- kun surmak go‘zaldir,
Ba’zan hayotda hai sevmak go‘zaldir.
Agar sevgilingda to‘zim bo‘lganda.
Iroda ko‘raman, temirdan baho,
Shohing ham bergani amrdan baho.
Bir ism taniyman, umrdan baho,
Muhabbat el ichra o‘zi bo‘lganda.
* * *
Seni go‘zalim deyman, kulishlaring boldansin,
Seni sevgilim deyin, yonoqlaring ollansin.
Seni hayotim deyin, oshib- toshsin so‘zlaring,
Senitoleyim deyin, ’nib ketsin ko‘zlaring.
Olsin davraga meni kulishingning sehrini,
Sevib azizlasin qo‘y navosozning mehrini.
Shirin-shakar so‘zingdan kelar mehr yog‘dusi,
Yondirib kel yoqmasin ko‘zlaringning otashi.
Sevgi ehtiyojidan, tutildim ishq o‘tiga,
Oshiq bo‘ldim, burilib, san otli bir xotinga.
Yashaymiz umrimizni tug‘ma, azizlar kabi,
Teng tug‘ilib, teng o‘lib xushbaxt egizlar kabi.
Dilbar Haydarova tarjimasi