Mir Sadi og‘a (Mir Sədi ağa) Ozarboyjonning Qubatli rayonining Mirlar qishlog‘idan. Naqshbandiylik tariqatining murshidlaridan. Zamonasining avliyo shoiri bo‘lgani bois repressiya qurboni bo‘lib 17 yil umrini mahbuslikda o‘tkazgan. Uning g‘azallari, she’rlari, nasihatlarini muxlislari hamon sevib o‘qishadi.
* * *
Mani mahbus etganni ko‘ray olamda xor o‘lsin,
Uning ham ko‘ngil uyi maningdek tor-mor o‘lsin.
Etishmasin kamiga hech bilmasin ishqning dodini,
Sevgani sevgilisi o‘zgalarga yor o‘lsin.
Bemuruvvat soldi bir quruq bo‘htonga mani,
Mandan ortiq demasman, Manla barobar bo‘lsin.
O‘zi chekkancha bilar boshqa javonlar ne qilar,
Qilgan zulmlarin qo‘y unga oshkor bo‘lsin.
Boqibon panjaradan yorini ag‘yor ila ko‘rsin,
Qonga to‘lsin jigari, ko‘zlari yig‘lar bo‘lsin.
Eshigi, panjarasi qulf qolsin hamisha,
Yuragi, umri bo‘yi qissayi g‘ubor bo‘lsin.
Muhtoj qolib ko‘makka Yusufi-Kanonni chaqirsin,
Na Xudodan, na imomdan unga bir kam bo‘lsin.
Mirsadiman qarg‘amasman, o‘zga baloga uni Man,
Xush kuni zindon uyi, g‘am kuni mozor bo‘lsin.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi