Jovid Farzali (1987)

Jovid Farzali (Fərzəliyev Cavid Vaqif oğlu – Cavid Fərzəli) 1987 yili Ozarboyjonning Salyan shahrida dunyoga kelgan. Modern shoir. Bokuda yashab ijod qiladi.

AYRILIQ SOATI

Ayriliq soati nechadidir…
Aqrabolar sevgi qoshida turgan vaqtimi…?
…seni vaqtsiz kutayinmi
Soati chorasizlar kabi?

… ko‘zingning qiridan o‘tdimmi
jon tanda axtarganing bahonalar kabi?

Boqishlaring soniyalarda,
Bir lahzamga ko‘zlaring tamommi…
Dilingdan,soating
shirin vaqting eshitamanmi?

Aqrabolar zamonin poyida…
…bir onning kelishin kutayinmi?
Qo‘lingdagi soat vaqtning qandiliydi.
Umrimni shundoq yashayinmi…?

* * *

O‘t tushgan kunimga
Yonmagin manim.
Qo‘l uzatma menga,
Qo‘llarim kardir mening.
Yuragimni qucha- qucha,
Oyoqlagan odamlar,
O‘zga bir yo‘ldoshga,
eng ko‘p sevganlarim
tanirlar meni.
Go‘daklarning oyinchoqlari
singan kundan hayotga qadamlari,
Qushlarning qanotlari
qorli yerdan ko‘k yuzi
boshlaydir…
muqaddaslar og‘ochlarning odam shaklida unutilar.
tilanchilarga hovuchlarimning xushbaxt kunida.
Qayta sog‘inmasdan,do‘stlar
Qayta mendan qo‘rqmasdan…
Qo‘llarim sog‘dir mening,
Quchog‘imga hasratman…

* * *

Faqat sevgidan emas,
qo‘llaring tekkan har yer
sevgiga to‘lar.
…Butun sevgilar oyog‘in uzar
sendan;
Boshi toshga tekkan yo‘llarda
qadamlarini taniysan,
yo‘ling qolmas o‘lmakka.
…o‘zgalashar ko‘z yoshlaring
bulutlar pardasi orqasida,
savdodan qolgan kuling ko‘zingda.
Ko‘zing ko‘rmagan xushbaxtlik
gullatadi yurakni.
qo‘lingga olarsan dengizni,
kimsa suv otmas ustingga.

SENGA TO‘G‘RI

Yuragimda butun gulli yerlar sog‘ qoldi,
o‘lmadim qumrilarning
nag‘malarida,chechaklarning tilida…
Savdong tushgandan beri yuragim yana ko‘p izingdan otilur
sening.
qanotlariga taraf yurilgan
uchrimda
havoga yoyilgan yarasha ko‘zli
tumanda…
Senga jon qo‘llarimning ustida yaqin turdim.
qovrildim qorong‘iliqdan osilgan panjaraga,
oynakli romlarga…
Yuragim yana o‘sha tarafda axir
turg‘un dengizlarda , lol samolarda…
Essiz, bilmasdim,
chechaklarning tug‘iladigan kun
bo‘larmish bahor…
Quyoshning oynasida
qo‘llari ucharmish qushning.
…Va birda ham bu kuzda
butun yo‘llar olu tashimoqdan
yorilib ortiq…
Kechir,ayriliqning qo‘lidan
ola olmadim seni…
Axir bulutlar o‘lim oyog‘ida
qolib yomg‘irlarning qo‘lida..
Axir butun tonglar ham oydinlikdan quroq qolgan kechalarning qo‘lida…

Dilbar Haydarova tarjimasi