Islom Turkoy (1950)

Ahmadov Islom Haftik o‘g‘li (Islom Turkoy – Islam Türkay) 1950 yilda Qazax tumanining Temirchilar qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Sumgait kimyo zavodida ishlay boshlagan. 1977 yilda Ozarbayjon davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, 1983 yildan muharrir vazifasida ishlab kelmoqda.
“Kecha lavhasi” nomli ilk she’ri 1979 yilda bosilgan. Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. “Bir kun kelar” (1981), “Hammasini yangitdan boshlashim kerak” (1985), “Orqada hasrat bor” (1986) kabi o‘nlarcha kitobi nashr etilgan.
Inson, uning ma’naviy dunyosi, ruhiy siqilishlari, bu kunga va kelajakka ishonchi, yurt, tuproq, Vatan mavzusi she’rlari va dostonlarining asosiy mag‘zini tashkil etadi.

VATAN

Ko‘zimga to‘tiyo tuproq Vatanim,
Non chiqqan har joyni Vatan demasman.
Onam aytgan alla yangroq Vatanim,
Meni siqqan joyni Vatan demasman.

G‘urbatda Alloh bo‘l, kimsa yo‘qlamas,
G‘urbatni o‘limdan battar, deganlar.
Orzular gullaru ammo shoxlamas,
O‘t ildizi uzra bitar deganlar.

Ko‘rdimki, ko‘ksida vatani borlar
Ko‘zlari xayolga to‘lgan hamisha.
Vatanida yurib vatanga zorlar
Ko‘rdimki, sarg‘aygan, so‘lgan hamisha.

Bir parcha vatandir Fuzuliy qabri,
Chidamay, yonidan o‘tgan yig‘laydi.
Qo‘l qisqa, un yetmas, tugagan sabri,
G‘urbatning qo‘lida vatan yig‘laydi.

Bu g‘am yuraklarda yongan shamchiroq,
Doim nur taratib sevinch berar ul.
Men qanday izohlay bu sirni biroq —
Vatanda vatanga ketmoqham mushkul.

Vatandan gap ochmoq bo‘lgandi yomon,
Vatansiz bo‘lishdan ammo xoliman.
Bul aniq sel kabi oqar vaqt, zamon,
Ilondek tilimni chiqarmaliman.

O‘lka bor, yashar u og‘aga qulday.
“Bu yer adolatli!” “Men ozodman!” der.
Millat bor, uyatsiz, uyatsiz shunday,
Qon to‘kilib turgan yerin vatan der.

Vatan mol-dunyo deb kezganlar qancha,
Chumoliday izg‘ir, tinchimay joni.
Vatandan to‘yganlar, bezganlar qancha,
Vatan deb bilganlar butun dunyoni.

Birovlar oladi haryoqdan bir oz —
Ularning ruhlari ham olaquroq.
Bir elni ikkiga ayirgan Oraz,
Qonli sadolarga bermaslar quloq.

Qadim Savalonning esgan shamoli
Yongan o‘chog‘ining tutuni Vatan.
Sobirning, Jalilning dardi, savoli,
Bulbulning, Jabborning sas, uni Vatan.

Vatandir qilichdek dardli Srazim
Vatanning qalbiga sanchilib yotgan.
Vatandir kuylagan sadafli so zim,
Haq uchun yonayotgan — qorayayotgan.

Ko‘zimga to‘tiyo tuproq Vatanim,
Non chiqqan har joyni Vatan demasman.
Onam aytgan alla yangroq Vatanim,
Meni siqqan joyni Vatan demasman.

SENGA NIMA QILDIM…

Senga nima qildim, ko‘nglimga tegma,
Men-ku sendan oldin o‘tganman o‘tdan.
Hamda qalbimni pok saqlamoq ychun
Kechganman unvondan, kechganman otdan.

Seni nurday bilib uchdim yelingga,
Yolg‘on loflaringga aldandim yomon.
Inondim tilingga, tushdim qo‘lingga,
Meningdek kimlarni qilmading sarson.

Hali umidim bor: o‘zimga kelaman,
Yaxshi nimang bo‘lsa soxtaykan, yolg‘on.
Oyoq uzra kezgan bir tosh haykalman,
Yana yuragimdir sog‘-omon qolgan.

Manim har odimda jonim olgansan,
Yotlarning ko‘zida yoshga aylandim.
Sen farishta tusli qora yolg‘onsan,
Qarshingda hayratdan toshga aylandim.

Yashaydi yuragim bu tosh qafasda,
O‘zim o‘z ichimda qamokda hali.
Orzu qo‘li boshim silaydi asta,
Xayollar qo‘ynida uyg‘oqman hali.

Senga tosh lozimdi devor urishga,
Senga tosh lozimdi sarhad qurishga.

Qo‘limni tosh kabi berganman senga,
Tilimni tosh kabi berganman senga.
Teginma, panohim bir yuragim bor,
Toshlashsa inonki, qasringni yiqar.

MENMI GUNOHKOR, SENMI GUNOHKOR?

Bu ne bir savdoki, bu ne mo‘jiza,
Bir ish qilay deyman, qila olmayman.
Kunim ham mo‘jiza, tunim mo‘jiza,
Yashay ham olmayman, o‘la olmayman.

Umrimga kechikkan ilk bahormisan,
Taqdir gulimisan, yoqqan qormisan?
Yo‘llar ayrosida daydirman nochor,
Menmi gunohkor, senmi gunohkor?!

Tushganman savdoning ters kamandiga,
O‘zim o‘z o‘timda yoniblar ketdim.
Moslashdim shuhratning fe’li-pandiga,
Aybimni men endi tushunib yetdim.

Ne ham qilolardim, yonaman o‘tda,
Bu achchiq tolega boq, qayta-qayta —
Sening qo‘llaring-la meni quchoqlar,
Menmi gunohkor, senmi gunohkor?!

Siynalar tog‘ingda sarg‘ayib ketar,
Kuzdan gina qilma, kuzda nima ayb?
Umr bog‘imizni qor olib ketar,
Uylik-bolalikmiz, bizda nima ayb?

G‘arib ko‘rinadi aytgan so‘zim ham,
Aksini ko‘rurlar ikki ko‘zim ham.
Seni yo‘qotmisham,
Yo‘qman o‘zim ham…
O‘zimni o‘zimga qaytar, desam zor,
Menmi gunohkor, senmi gunohkor?!

Naylayin, bu umr — bu tole, qismat…
Sochimga yoqqan qor erigan emas.
O‘rtadagi Oraz soyi bir hasrat,
Million yil oqsa ham qurigan emas.

Aytarding: Qo‘l yetmas tog‘san, darasan,
Sof suvsan, havosan, ovsan… ko‘rasan…
Bir payt chaqirganding million karra san…
Orqada hasrat bor, oldinda g‘ubor, —
Menmi gunohkor, senmi gunohkor?!

* * *

Ey umrimning saodati, kezma uzoq,
Hasratingga, malolingga qurbon bo‘lay.
Yo‘llaringda umidlarim chiroq-chiroq,
Jamolingga, visolingga qurbon bo‘lay.

Sen uzoqsan, yuksakdasan, yetmas qo‘lim,
Hasratingdan yurak-bag‘rim tilim-tilim,
Xayoling-la o‘tar kunim, oyim, yilim,
Suratingga, xayolingga qurbon bo‘lay.

Miraziz A’zam tarjimasi

SEVGIM MENI G‘ANIM BO‘LDI

Menga qolgan og‘riq achchiq
Sevgim meni g‘anim bo‘ldi.
Ishqim meni dor og‘ochim
Sevgim meni g‘anim bo‘ldi.

Qoyada bitgan chinorim,
Er qatidir shoshgan joyim,
Qilichdek kesdim qinim,
Sevgim mani g‘anim bo‘ldi.

Ko‘krak kerdim to‘fonlarga,
Umid bog‘ladim bahorga,
Orzularim osdi dorga,
Sevgim mani g‘anim bo‘ldi.

OYXONNING SAVOLLARI

Ota, bu yerda yotarsan
Ko‘zlar qoshning soyasinda.
Aql boshning soyasinda
Ovqat tishning soyasinda.
Orzu ishning soyasinda
Er quyoshning soyasinda,
Suvlar ko‘kning soyasinda
Yaxshi, unda menga ayt-chi,
Quyosh nening soyasinda?…
Soyam o‘zimdan katta
Soyasi ulkan bo‘lganlar
Bolamikan?

Tog‘lar o‘zimdan katta
Ko‘zlarimga qanday sig‘ar
Botirmikan?

Yorug‘likni ko‘rgan kabi
Soyalar qochar yashrinib
Qochoqmikan?

SOYaLAR

Yana ko‘ksim yondi, siynam o‘t oldi,
Keltirdim ko‘klarning rangin sasini.
Bu kecha menim-la so‘zlashdi soyam,
Yozdim soyalarning fojiasini.
Do‘stlarning ko‘pidan vafolidir u,
Hamisha yonimda menga tayanar.
Dunyo ishlaridan xabardordir u,
Orqamdan ergashar, o‘timda yonar.
Hasrat bor nurlarning to‘kilishidan,
Ko‘rganda yashrinar uyalgan kabi.
Bo‘y cho‘zib oqarib so‘kilganda tong
Nurning orzusida men yongan kabi.
Bordir soyasiga bo‘yin egganlar,
Soya bor o‘zini inson sanaydi.
Yuzimga so‘zini aytolmaganlar
Orqamdan soyamga qilich soladi.

SENGA NIMA QILDIM

Senga nima qildim, deyman ko‘nglimga,
Axir sen tufayli kechganman o‘tdan.
Faqat yuragimni asramoq uchun
O‘zlikdan kechganman, kechdim subutdan.
Seni bir nur bilib uchdim yelingga,
Aldandim aldoqchi yaltoq surlarga.
Ishondim tiliga, tushdim qo‘liga,
Mendek ovoralar izg‘ir cho‘llarda.
Hamon umid yashar qaytgum o‘zimga,
Yaxshiyam nayim bor, yolg‘onlar – yolg‘on.
Oyoq ostidagi bir tosh haykalman,
Faqat qalbimgina sog‘-omon qolgan.
Har qadamda meni jonim olasan,
Begona ko‘zida yoshga aylandim.
Malak libosida qora yolg‘onsan,
Qarshingda hasratdan toshga aylandim.
Yashayver, yuragim shu tosh qafasda,
O‘zim o‘z ichimda tutqunman hamon.
Tushib orzularning qo‘liga asta,
Xayollar bag‘rida uyg‘oq bir zamon.
Senga tosh kerakmi sarhad qurishga,
Qo‘llarim tosh qotdi, berganman senga.
Tegmagin, panohim – bir yuragim bor,
Tosh qotsa, inonki, tog‘ni yiqitar.

Ozarbayjon tilidan O‘ktamoy tarjimasi

BU KEChA HASRATI

Bu kecha bunchalar uzoq bo‘lmasa,
Olisga boqmoqdan qoraydi ko‘zim.
Bu kecha na yomon tuzoq bo‘lmasa,
Qaydasan, ey sahar, ey jonim-ko‘zim?!

Umidim oyoqdir quladi sasdan,
Uchgan xayollarga yeta bilardim…
Tosh kabi yotardim tuproq ustida,
Tikanlar ustida yota bilardim.

Ko‘zim boqa-boqa axir yulduzlar,
Har yulduz bir tole, bir umr-kundir.
Axir yoqalardan chiqar yulduzlar,
Er yuzi, ko‘k yuzi tugun-tugundir.

Ko‘zlarim kechaga o‘rganur yana,
Oppoq qanotdarda chidu sahar…
Qancha nigohlarni ko‘rgan saboha? –
Yashamoq bir safar… o‘lmoq bir safar…

Yulduz sovuqligi olib ko‘zimda,
Har narsa bir rangda, bir bichimdadir.
Mani o‘ylamangiz-ko‘lkam yuzimda,
Ishqim va saharim o‘z ichimdadir…

Kecha adolarga do‘nur yotoqlar,
Uyqular, tuyg‘ular-eng zarif tushday.
Yarashgan libosi bo‘lib papaqlar,
Qachon boqajaklar saboh Quyoshga?..

G‘ariblik ketadi tog‘ havosida,
Xinolar gullaydi toshlar ustida.
Burgutlar daydiydi o‘z libosida,
Uchar yapaloqlar boshlar ustida…

Oy kirdi bulutga, shu’lasi so‘nib,
Bag‘ri chatnayverar ushoq-Musodan…
Bulbulning nolami laylakka do‘nib,
Shirindir uyqusi ushoq-munchog‘in…

Bu kecha uzansa, ozaysa bir oz,
Qalbimdagi sahar o‘ynayajakdir.
Umr so‘ragayman o‘z eshigimda,
Kecham qirmiziga bo‘yalajakdir…

Chekinsa yo‘limdan kech-qorong‘ulik,
Naylaram arigan sabr, to‘zimga?!.
Qalbimning ishqida yonsa bir onlik-
Dushman tuyulaman o‘zim-o‘zimga!!.
Bu kecha bunchalik uzoq bo‘lmasa…

* * *

Kezdim toshdan-toshga Toshlar yurtini,
Go‘zallar, ul makon ko‘zimdan o‘pdi.
Unda qoyalarga qo‘shiqlar aytdim,
Kakliklar kulishib so‘zimdan o‘pdi.

Emdim Hayvolining buloq tilini,
Dardim chechagini, dardim gulini.
Orqamdan yo‘lladi chinor qo‘lini,
To‘kilgan shohida izimdan o‘pdi.

Sasimga sas berdi tog‘lar-na ishdi…
Qovruldim u kunlar yodimga tushdi.
Bilmadim oyog‘im necha surishdi-
Atirli chechaklar tizimdan o‘pdi!..

Yodimdan chiqmadi u ol yonog‘i,
Ismatli, hayoli, u bol dudoqli.
Oldi hayolimni haqli-nohaqli,
Man o‘pa bilmadim… izimdan o‘pdi.

SENDAN UZOQLARDA

Sendan uzoqlarda sovuq tuprog‘man,
Hasratim umrimga yog‘ar qor kabi.
Ro‘zg‘orning qo‘lida sariq yaprog‘man,
Uchaman ruhimga dunyo dor kabi…

Mendan uzoqlarda yashil qo‘njisan,
Baxtiyor davringda shaydo bulbullar.
Sendan uzqlarda hayot- tuman-shan,
Ichimla yong‘inlar, sochimda kullar…

Sandan uzoqlarda turishim-o‘lim,
Kechikkan qayg‘usan-ohsan, nolasan.
Sendan uzoqlarda yashamoq -o‘lim,
Kechikkan qayg‘usan-ohsan, nolasan.
Sendan uzoqlarda yashamoq-zulim,
Mendan uzoqlarda-yongan lolasan…

ONASIZLIK

Kim bo‘laman, sevolmasam man sizni?
Axir qoldim ham singilsiz, onasiz!
Dunyo o‘zi qanday sevar mensizni,
Yashamog‘im og‘riq, azob, onasiz!

Tasallilar to‘xtatmas ko‘z yoshimni,
Kunlar umrin tugashimi, boshimi,
Qurbon bo‘lay, so‘ramangiz yoshimni,
Etim jonim, nahot endi onasiz.

Nima ko‘rdim umr otli bir yo‘lda?
Qo‘l tutar yo‘q, qoldim yolg‘iz, bir yo‘lda.
Tog‘laro‘g‘li, fursat keldi, bir yo‘lda,
Maqomin tut, zamona bo‘l, onasiz…

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi