Inqilob Isoq o‘g‘li Rizayev (İnqilab İsaq oğlu Rzayev) 1953 yil 31 mayda Ozarboyjonning Toshkesgan rayonida tug‘ilgan. Shoirning qator she’riy kitoblari nashr etilgan. U Ozarbayjon Yozuvchilar va Jurnalistlar birligi a’zosidir. Asarlari Prezident va xalqaro Rasul Rizo mukomotiga sazovor bo‘lgan.
YoLG‘ON TANIShMASMIZ
O‘zgalar yonida nima ishing bor,
Bilmayman ne deydi istagim senga.
Nega qarashimdan topasan obor,
Shubhalar o‘ldirar ne deyin senga?
So‘zimdan tanishlar tili lol emish,
Baxtimga javobi ko‘p savol bo‘lmish.
Bu xayol dunyosi turfa xol bo‘lmish,
Chora so‘ramasmi tilagim senga?
Ko‘ngiz vayron bo‘lur g‘ashga tushganda,
Hijronning yog‘i pastda tushganda,
Yupanar qismat ham pastga tushganda,
Ne deyin falagim, malagim, senga?
Bu sensan taqdirgan yozilgan buta,
Yo‘llarda boramiz, qo‘l-qo‘ldan tutar,
Ko‘zimni ko‘zingga tutdim sukutda,
So‘zim yolg‘on emas, yuragim senga.
ShUShA KODI
Ichimdagi sukutning,
Tinmay yondirar o‘ti.
Yangilar yaralarim,
Dilda Shushaning o‘ti.
Bulutlarning dardidan,
Qancha xabar oldim men.
Ojizligim osilar,
Telefon dastagidan.
– Allo, Chidir tuzukmi?
Xabar yo‘q undan yana.
Nega chiqmas sasimiz,
Ajnabiy kodlarida.
Na bahori bilinar,
Na kuzi, nadir qishi.
Telegraf qanotlari,
To‘kayotir ko‘z yoshi.
Ichimdagi sukutning,
Mani yondirgan o‘ti.
Man ham jimlik javobi,
Man ham Shushaning kodi.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi