Hofiz Rustam (1951)

Hofiz Rustam (Hafiz Rüstəm) – Mir Hofiz Mir Ashraf o‘g‘li Rustamov 1951 yil 8 yanvarda Salyanda tug‘ilgan. Shoir, publitsist, sharqshunos olim, tarjimon. Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

MENI KUT

To‘kilib yo‘llarga hasrat yog‘dusi,
To‘kilib yo‘llarga ona boqishi,
Tutib yo‘l bo‘ylarin chechak taqishi…
Qirg‘oqni o‘t bosib, do‘nib yoshila,
Qaydasan, ay ona, mani qarshila.

Bu tog‘lar qo‘yniga vurg‘un kelmisham,
Piyoda kelmisham, horg‘in kelmisham.
Erinmayin shoshib, shoshib kelmisham,
Balki sani ko‘rsa, ko‘nglim ochilar,
Qaydasan, ay ona, mani qarshila.

Uyimiz ko‘rinur, san ko‘rinmaysan,
Qo‘nar ko‘zlarimga jon ko‘rinmaysan.
Endi ko‘p g‘amliman, san ko‘rinmaysan.
Kim endi g‘amlarimga g‘amlar qo‘shilar?
Qaydasan, ey ona, mani qarshila.

San yo‘qsan saf tursak, go‘zal hayotdek,
San yo‘qsan berganing xayr-duodek,
San yo‘qsan aytganing shirin alladek,
Ko‘nglim sansizlikla qancha olishar?
Qaydasan, ay ona, mani qarshila.

Go‘ring qayg‘um kabi yo‘lim ustida,
Go‘ring orzum kabi ming bir havasda!
Yo mandan onaliq burchini ista,
Yo manga tug‘ma bir soflikda kechir!
Qaydasan, ay ona, mani qarshila!

* * *

Tangrim, buyuk fikr sening,
Husningga bor zikr sening,
Ishingga bir shukr sening,
Nazarning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Ufqingdaku, quyosh tug‘ar,
Oqqush bulutlardan boqqan.
Ming xayru-barakot yoqqan,
Shaharning sohilidaman,
Hazarning sohilidaman.

Kecha-kunduz qurillagan,
Ich-ichidan uvillagan.
Havf, vahima, zahm yoygan,
Bir bahrning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Go‘zallashgan, nazarlangan,
Chappar urgan, devorlangan,
Shaxsiy mulkdek qamarlangan,
Bozorning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Sharqiy-daryo, ummondir bu,
G‘arbi-sharqi o‘rmondir bu.
Dinchalmali Nabrandir bu,
Huzurning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Suvi sarin, hamda dori,
Shod etadi jilvalari.
Qum ustida bor madori,
Esmarning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Hazridan ranggi bulangan,
Shohga qalqon, dolg‘alangan.
Ko‘piklagan, xalqalangan,
Chambarning sohilidaman,
Hazorning ohilidaman.

Osmon rangda havolangan,
Marmar kabi safolangan,
Zarra-zarra yaltillagan,
Zarlarning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Kechalarning rutubati,
Kunduzlarning harorati,
Xush muloyim tabiati,
Guzarning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

Ko‘p go‘zal makondir “Mayak”,
Biz bo‘lgandik bunda qo‘noq,
(Tolega boq, qismatga boq!)
Xotiramdan chiqmagay yo‘q,
Safarning sohilidaman,
Hazorning sohilidaman.

KETMADIK QORABOG‘ BAKUGA KELDI

Yiqildi mamlakat, yiqildi jonlar,
Yoqilmas dardini yoqilgan onlar.
Suvini loyladi petrosiyanlar,
Oqavasi oqib Bakuga keldi.

Kuchimiz ko‘p bo‘ldi, qo‘limiz kalta,
Sizning yoningizda tilimiz kalta,
Ot, uloq topmadik, kelgani shartta,
Kalbasar, Dalitog‘ Bakuga keldi.

Ko‘zlar yo‘l teshdi, o‘zi ko‘zladi,
Chamani go‘zaldi, o‘zi go‘zaldi,
Necha yil o‘tirib bizi ko‘zladi,
Ketmadik Qorabog‘ Bakuga keldi.

* * *

Kuldi dudoqlaring, aridi sukut,
Jo‘shdi a’lo bilki, soqit bir dengiz.
Diling so‘ylasada, ishqimni unut,
Ko‘zlaring sevardi mani shubhasiz.

Mani ba’zan aldab qocharding,
Turgan hasadla boqardi sanga.
Eng baland qoyada nafas olarding,
Ko‘rinmas daradan qarab ishqimga.

Qaysi vaqt yuragim tushdi kamonga,
Nasib fikrlarim tuymalandilar.
Menga barcha bergan muhabbatingda,
Siniq orzularim jilolandilar.

Qo‘l bermas, qo‘l yetmas bo‘libsan endi…
Men qanday qaytaray u o‘tmish “shon”ni?!
Qaysi nomardlarning amallariydi,
Soldi oramizga “siz” kalimasini…

Yaqinda bo‘lsakda, uzoqmiz har on,
Bordir oramizda bir abadiyat…
Biz u vaqt bir edik, endi uzoqdan,
Boshni siltamoqlik qilar kifoyat…

OTA

Yuz yoshda bo‘larding san yashasayding,
Afsus ellik yoshda, tugadi umring.
Qalbimda yashaydi muqaddas oting,
Saning sofligingla tugadi umrim.

Ko‘zimdan ketmaydi nuroniy yuzing,
Xayolim to‘lishar sening yoningda.
Qalbimda yashaydi hikmatli so‘zing,
Xazina yotarmish saning joningda.

Aksing ko‘zlarimga chekildi manim,
O‘pishing yondirar yonoqlarimni.
Qo‘lingdan o‘pgandim ey ota saning,
Hamon titratadi dudoqlarimni.

Shukur nabiralar hayot qurdilar,
Endi natijalar qator-qatordir.
Bugun yuz yoshingni qayd etar ular,
Mashallah, hammasi, shod, baxtiyordir.

Ruhingga duolar o‘qishar doim,
Yosinning nuriga botiring, ota.
Bir asr tamomdir qancha anglayin,
Ellik mozorida yotursan, ota.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi