Xazongul Husaynova (1947)

Xazongul Husaynova (Xəzangül Hüseynova) 1947 yil Tbilisida tug‘ilgan. Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi, Ganja bo‘limi rahbari. Shoira, dramaturg, publitsist. Ozarbayjonning taniqli shoirasi. O‘nlab she’riy kitoblari chop etilgan. Asarlari jahon tillariga tarjima qilingan. Ozarbayjon yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

ALLOHGA ILTIJO

Iloho! Chechak kabi o‘ldir mani,
Iloho! Chechak kabi o‘ldir mani.
Malak to‘ninda o‘ldir,
Vaqtimning bir onida o‘ldir.
Azizimning yonida o‘ldir.
Qo‘yma jon cheka-cheka jon yerim,
Azobdan, og‘riqdan,
Qovrilsin yotog‘im, yerim…
Tug‘ilganlarni
To‘g‘ram-to‘g‘ram aylasin,
Ilojsizlikdan
Goh goy desin,
Qiyma gizli-gizli go‘ynasin.
O‘lgan o‘lganini bilmasin deya,
U qo‘lila, bu qo‘lini,
Barqirab saqlasinki
Qo‘llari boshini tuymasin…
Cohrasi g‘am libosin kiymasin.
Tag‘in o‘lgan o‘lganini bilmasin.
Allohim!
Manki ko‘ngilli jon beraman.
Quyma og‘rigan jonimning
Hayina qalam.
Tuqqanlarim yonida,
Yana ojiz, kuchsiz bo‘laman.
Oborganda mani,
O‘zim kabi obor.
Kuchli kabi obor,
To‘zim kabi obor.
Peshonamga yozgan yoziq kabi obor.
Haqdan qolgan sozim kabi obor.
Ko‘ksimdan ketsin ohim,
Bu onda
Ozod bo‘lsin ruhim.
Ruhimning bayrami kabi,
Berkitaman badanimni, shaklimni.
Er yuzida unga do‘naman.
Zamon kelar yana do‘naman.
Allohimni amri ila,
Bashar uchn,
Vohid bo‘lgan dinga do‘naman.
Iloho! Chechak kabi o‘ldir mani,
Iloho! Chechak kabi o‘ldir mani”
Hak kabi o‘ldir mani…

BUGUN BORMAN, TONGDA YO‘QMAN…

Balkig‘vasiyatdir, suhbatdir yodda,
Bugun borman, tongda yo‘qman dunyoda.
Qay kun, qay vaqt bilmadim u on,
Ko‘chajakman unda men ham dunyodan.
Ko‘klarning hukmida o‘l dedilar o‘lgan bo‘ldim,
O‘lgan kundan qatra-qatra o‘lgan bo‘ldim.
Yig‘lagan onlarimda ko‘z yoshimni ko‘zlardan yashirdim.
Ko‘k vahiyla, bu dunyoning sirlarini bilgan bo‘ldim…
Ammo nedan, qaydan-qaydan,
Qo‘rqaman u ondan qo‘rqaman rosa,
G‘aflatda Azroil qarshimdan chiqsa,
Yonimda bo‘lmasa, bo‘lmasa kimsa,
Man ko‘ngilsiz,
Ichimda so‘zlarim qola-qola,
Yaxshi bilki,
Bu dunyoning yetimchasi bo‘la-bo‘la,
Axir qancha jon beraman?
Umidimni tuproqlarga ko‘maman?
Eh, Emilim, men na bilim na bo‘lajak?
Uch nabira momosiman.
Men oqburchak yo‘rgaklarning giyosiman.
Men ularga so‘ng so‘zimni doyasiman.
Men ularning muhabbati soyasiman,
Ammo netay, bilib bo‘lmas,
Ne desam ham, axir bunday o‘lib bo‘lmas?
Yozmoq asli bunday bo‘lar,
Odam vallah, dalli bo‘lar.
Bir-biringizga suyanch bo‘ling,
Uchburchakning uch yoniday devor bo‘ling…
Ular sening qon-qardoshing, tomirda qon,
Birlashtirar seni u qon,
Birlashtirar seni har dam, har on…
Axir sening Ona ma’naviyatingdan tug‘ilgan,
Ko‘k yuzida bulut bo‘lgan,
Er yuzining har yoniga sochilgan,
Ma’naviy opa singillaring bor.
Umr bo‘yi birga dardlashgan,
She’rlarim-sirdoshlarim bor.
Ularni topshirayin senga,
Bittalab topshiraman,
Yuragingda otma, ularni unutma.
Umr yo‘limda ne bo‘lsa ular seni taniydilar…
Goh yig‘lab, goh kulasan sen,
Nimalarni bilasan…
O‘qiguncha, damo dam ko‘zlaringdan tomgan, yonog‘ingga tizilgan,
U ko‘z yoshi,
Saning yo‘q, manim ko‘z yoshim bo‘lgay.
Ko‘zlaringdan o‘pguvchi ko‘z bo‘lgay.
Qaxxorini yod saqlab, og‘zida tuz tutgay,
Lablarida so‘z bo‘lgay,
Tor bo‘ladi , soz bo‘lgay.
Yuragingda hazin, musiqa chalgay.
Eh, Eminim,
Ne bo‘lishin bilmadim.
Bilamanki,
She’rlarimda dardlashasan, dard kelsa,
Men yoningda bo‘laman.
Yuragingda, qoningdayam bo‘laman.
Qaydan-qaydan ruhim bilan tanishganda,
Tog‘ oshganda,
Nega tushding,
Qanday tushding?
Savolini berma menga…
Men boshimni egganman, ulug‘ Tangri hukmiga…

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi