Gulli Eldor Tomarli (1969)

Gulli Eldor qizi (Güllü Eldar qızı Alıyeva) 1969 yil 13 iyulda Ozarbayjonning Qazax tumanida tug‘ilgan. Shoira, publitsist, jurnalist. “Marvarid Dilbozi poeziya majlisi” rahbari. “Oshiq pari majlisi” raisi muovini. Bokuda yashab ijod qiladi. 2017 yilda uning “Oshiq pari injalari” nomli kitobi o‘zbek tilida nashr etilgan.

OZARBAYJON

Seni sevdim jonim qadar,
Sandan ayro umrim xatar,
Sansan vatan, sansan qadar
Ozarbayjon!

San bir chaman, qalbing chechak,
Bag‘ring jannat, bu xakikat!
Omrim kular buni ko‘rgach,
Ozarbayjon!

Shoningla gulshan bo‘laman,
Sunbulingda ox o‘laman,
San bilan man man bo‘laman,
Ozarbayjon!

Orazim san, ko‘rorim san,
Bu dunyoda so‘rorim san,
Ziyoratim Pirim sansan,
Ozarbayjon!

San mavodo chalar sozim,
Dunyodagi bir murodim,
Tangridan xalol niyozim,
Ozarbayjon!

San tomirda qaynar qonim,
Azal yurtim, so‘ng makonim,
Ona zamin, keng osmonim,
Ozarbayjon!

Qishu yozim, navbaxorsan,
Baxtiyordan, baxtiyorsan,
Bu dunyo turguncha borsan,
Ozarbayjon, Ozarbayjon!

XABARING BORMI?

Mani mandan olib ketgan
Holimdan xabaring bormi?
Tashvishing qo‘y, unda qolsin,
Holimdan xabaring bormi?

Fikri-zikrim xo‘b talashib,
Xushim ketib, aqlim shoshib,
Kunim, oyimga qorishib,
Elimdan xabaring bormi?

Bu na holdir, bu na talash,
Angladim kun, qoraysa qosh,
Ko‘zlarimda qotgan bu yosh,
Zolimdan xabaring bormi?

Senga mujda keltirmisham,
O‘z yukimni ko‘tarmisham,
Chig‘iriqdan o‘tkazmisham,
Yo‘limdan xabaring bormi?

Gulli, umri xatar dedim,
Talandim-ey, hey talandim,
Hech biladim necha yondim,
Qulingdan xabaring bormi?

ONA

Jannat asli onalarning poyida,
Bu payg‘ambar so‘zi dillarga tushgan.
Jaxon evriladi ona payida,
Dunyo onalarning poyini kuchgan.

Bu yorug‘ jahonda onalar borki,
Ular dars berarlar yaxshiliklardan.
Er yuzida bir ona qolsa hamki,
Yo‘l boshlaydi faqat yaxshilik tomon.

Har onaning mehri buyuk bir asar,
Dillarni fatx etar, yurakdan kechar,
Uning duolari bo‘lmasa agar,
Dunyoni mahv etar falokat axir.

Onalar mehribon, mehrga xondir.
Olamni o‘zini sehriga solar.
Onalar shoirdir, yoki bastakor,
Yoqimli so‘zlarni navoday chalar.

Olis yo‘llar bosay, ziyorat uchun,
Pokiza onaning nur, ziyosiman.
Istagim yuz bora ibodat uchun,
Onaga bosh egdim, to‘tiyosiman.

KO‘NGLIM

Gox sevinchdan, gox shodlikdan,
Goxi g‘amdan to‘lar ko‘nglim.
Ko‘klanibdi o‘z ko‘kini,
O‘z sozini chalar ko‘nglim.

Azal ko‘ngil mayli xaqda,
Xush orzuda xush axloqda.
Tilaklarim gul varaqda,
Xayollarga tolar ko‘nglim.

Osmonimni bulut bossa,
Yuragini sukut bossa,
Xotirimdan o‘char bo‘lsa,
Bir gul kabi so‘lar ko‘nglim.

Tangridandir senga bu hol,
Toleingda na xush iqbol.
Gulli deydi: qola qol, qol,
Gar qolmasang, nolir ko‘nglim.

BURChALIDADIR

Mandan injimasin, qo‘y inja derman,
Dardimni darmoni, Burchalidadir.
Otali kunlarim u xush manzaram,
Umrim gul zamoni Burchalidadir.

Sho‘x sasim injadir, gul sasim unda,
Hunarim injadir, xavasim unda,
Hayotim injadir, nafasim unda,
Tuyg‘uning xush oni, Burchalidadir.

Men unda ko‘z ochdim, har yonni ko‘rdim,
Sandaki ilk da’fa dunyoni ko‘rdim,
Shoir Dunyomali, Alxanni ko‘rdim,
Turkning o‘z osmoni Burchalidadir.

Saodat Butadek ichra bog‘i bor,
Shanki, siynasida sir bulog‘i bor,
Sozin Narg‘ilatgan o‘zin sozi bor,
Dur gavhar makoni Burchalidadir.

U yerda bir qoshi qaro yashaydi,
O‘z borim yashaydi, bayram yashaydi,
Nurxonim yashaydi, Zuxrom yashaydi,
Umrimning dostoni Burchalidadir.

So‘ziga bog‘landim sozini sevdim,
Ruhimning suygani yozini sevdim,
Otini, dodini, o‘zini sevdim,
Gullining iymoni Burchalidadir.

ZELIMXON

Ozarbayjon xalq shoiri Zelimxon Yoqubga

So‘zin shohligiga bir chog‘da boqdim,
Goh so‘lga bo‘ylandim, goh o‘ngga boqdim.
Ufqda nur ko‘rdim uzoqqa boqdim,
U nurga bo‘yalgan Zelimxoniydi.

O‘zi kalimami, o‘zi sozmidi,
Fozillar yo‘l solgan bir ovozmidi,
Sha’ningga ming ta’rif yana oz edi,
Cho‘qqidan bo‘ylagan Zelimxoniydi.

Haqdan sir kelibdi so‘z hurmatiga,
Mingandi shoirlik saman otiga,
Chiqqandi olamning yetti qatiga,
Olamga nur sochgan Zelimxoniydi.

Kechadi ay, Gulli ko‘p-ko‘p fasllar,
Tarixga aylanar endigi yillar,
Balli deyishadi kelar nasllar,
Shoirlar ichida shuhrat-shonligi,
Quyoshday porlagan Zelimxonmidi?..

OShIQ PARI INJALARI

Zamonlardan osha kelur,
Sevgiga chirmashib kelur,
Soylar kabi toshib kelur,
Oshiq Pari injalari.

Porloq edi uning yo‘li,
Sozdir o‘nggi, so‘zdir so‘li,
Orzulari umid to‘la,
Oshiq Pari injalari.

Jannat kabi ko‘z ochibdi,
Ko‘ngillarga iz ochibdi,
Tilaklarga so‘z ochibdi,
Oshiq Pari injalari.

Yulduz-yulduz sayrashlari,
Oshiq Paridan nishondir.
Ellarga xush armug‘ondir,
Oshiq Pari injalari.

Zamonlardan oshib kelar,
Sevgiga chirmashib kelar,
Soylar kabi toshib kelar,
Oshiq Pari injalari.

Ofarindir yurar yo‘li,
Sozdir sozi, so‘zda boli,
Orzulari umid to‘la,
Oshiq Pari injalari.

Jannatdayin ko‘z ochibdi,
Ko‘ngillarga iz ochibdi.
Tilaklarda so‘z ochibdi,
Oshiq pari injalari.

Ko‘kda yulduz porlaganda,
Oshiq Paridan nishon-da,
Ellarga xush armug‘onda,
Oshiq Pari injalari.

YIG‘LAMA ShAHID ONASI

Sen bir sharaf-shon o‘stirding,
Tengi yo‘q, tarlon o‘stirding,
Vatanga qurbon o‘stirding,
Yig‘lama, shahid onasi.

Bosh egarman el mardina,
Egilmas yo‘q, nomardina,
U jon berdi o‘z yurtina,
Yig‘lama, shahid onasi.

Tuydi haqning ma’nosini,
Qo‘ydi qurbon xinosini,
U qo‘ridi onasini,
Yig‘lama, shahid onasi.

Xaqdan kelgan nur u bizga,
Baxsh ayladi hur u bizga,
Baxsh etdi g‘urur u bizga,
Yig‘lama, shahid onasi.

Dushmanga ko‘p to‘ktirdi qon,
Ilxom oldi bayrog‘idan,
So‘ng nafasi, Ozarbayjon,
Yig‘lama, shahid onasi.

Gulli xaqqa bo‘lma ayoz,
Yurt berilmas, yurt bo‘linmas,
Shahid bo‘lgan vallah o‘lmas,
Yig‘lama, shaxid onasi.

MANI

Man dalli ko‘nglimni gulga bog‘laram,
Gullar savdosiga do‘ndiring mani.
Men o‘sha savdomni jonda saqlaram,
Gulning armonida yondiring mani.

Maning g‘uncha ishqim, gul muxabbatim,
Xar nafasda axil dil muxabbatim.
Jonimdan jon olgan sel muhabbatim.
Deysanki, soladi sellara mani.

Qo‘y gulga suyalsin Gullining o‘zi,
Gullarin atrida gul ochsin o‘zi
Jonimda, qonimda gul ishqin o‘zi,
Bilaman tashlaydi cho‘llarga mani.

JONDAN O‘TAR

Ibrohim Ilyosli she’riga nazira.

Tangridan gul tilaklari,
Tilarman jondan o‘taro.
Yig‘la desang, yig‘layurman,
Gullar xam jondan o‘taro.

Ay, ko‘nglimning baxri-bori,
Sansiz umrim yarim, yarim.
Oxim bilan u bog‘larni,
Tilarman jondan o‘taro.

Man bir sozman, sanda simi,
San savdomning ko‘ki ximi,
Ayriliqdan uning kabi,
Maloli jondan o‘taro.

Amr etasan xam amringni,
Bajardim imranib, imranib,
Vallax umrimning umrini,
Chalaman jondan o‘taro.

Falak farmonimni,
Dardim uchun darmonimni.
Jonim deydi ol jonimni,
o‘laram jondan o‘taro,
Chap yonidan bu dunyoga,
Kelarman jondan o‘taro.

Dilbar Haydarova tarjimasi