Fuad Bilacuvorli (Fuad Biləsuvarlı) 1989 yil 15 martda Bilacuvor tumanida tug‘ilgan. Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. 3 ta she’riy kitobi chop etilgan.
YuRAGIMDA
Mushfiqim, Jovidim yashaganini,
Men ham yashaydurman o‘z yuragimda.
Kimlarka, haqqimga nonko‘r chiqdilar,
Aylanib bo‘ldilar ko‘z yuragimda.
Ko‘pzamon ezildim, sindim u ki bor,
Ichimda kurashdim, yondim uki bor,
Hayotni tark etib, tondim u ki bor,
Dardimga qo‘shaman so‘z yuragimda.
Qishning havosiydi, esar bulutlar,
O‘zining o‘z sasiga esar bulutlar,
So‘z kabi odamni kesar bulutlar,
Hamon sezmaydurman yoz yuragimda.
Qoya parchasiman ezilmayman ko‘p,
To‘zimli bo‘lsam ham, to‘zimlarim yo‘q,
Sir to‘la yurakman, bosilmasman cho‘g‘,
Haqiqat izlayman, boz yuragimda!
* * *
Sahardir… Nur sochar quyosh qay vaqtda,
Men esa kechada qolmisham shunday…
Turmoqqa yo‘q holim, qaydan tushmisham,
Bir qarang, qanchada so‘lmisham shunday…
Hasratning tiziga qo‘ydim boshimni,
Bir qo‘ldan boshimga otar toshini.
Ko‘zlarim ko‘klardan olar yoshini,
Bulutday guvranib to‘lmisham shunday.
Duolar ayladim, yetdim sabohga,
Chin bo‘ldim botmadim, hech bir gunohga.
Qurbonman u dardni bergan Allohga,
Ilhomni dardimdan olaman shunday!..
* * *
Nedan begonadir bizga bu ilon?
Zahrini tomizib g‘ofilga solgan.
Bu dardning jonini bormi bir olgan?
Dardim dunyodagi dardga o‘xshamas.
O‘tadi hayotda kun- zamon kabi,
Ingraydi yuragim yoy- kamon kabi,
Ko‘ksimdan g‘am tomur, qon tomgan kabi,
Dardim dunyodagi g‘amga o‘xshamas.
Kunba-kun ko‘raman, goh shart yuzini,
Goh g‘amning yuzini, goh dard yuzini,
Menga ham ko‘rsatdi nomard yuzini,
Dardim dunyodagi dardga o‘xshamas.
* * *
Azizim, ko‘klanib nekbin hislarga,
Bu kundan so‘ng deylik ters
Izzatlarga.
Alishma hech zamon mani yotlarga.
Visoldan xabar ber sabohlar kabi.
Ishqimiz ohorli pokiza buloq,
Hasrati hasrating ko‘zingdir buloq.
Hamisha, bo‘laylik birlikda biroq,
Visoldan xabar ber sabohlar kabi.
Muhabbat- bir guldir, hijron
Bir tikan!
Dunyoda visolga yetgan bormikan?
Toza yurak bo‘lib, kel, sodiqmisan?
Visoldan xabar ber, sabohlar kabi.
Ishqimiz tarixga yozilgan bo‘lsin,
Mozorim ko‘nglingga qazilgan bo‘lsin,
Uyqumiz xushlikka yozilgan bo‘lsin,
Visoldan xabar ber, sabohlar kabi.
Baxti bor desinlar, ko‘zlar tegmasin,
Bu ishq unutilib qalbni tilmasin,
Ayro yashamaylik, ayro o‘lmasin,
Visoldan xabar ber, sabohlar kabi.
Chatnasin muhabbat yo‘lin buzganlar,
Saodat yo‘liga tikan tuzganlar,
Do‘stman deb aslida dushman
Quzg‘unlar,
Visoldan xabar bor, sabohlar kabi.
Loyiq bil Fuadni toza otiga,
Malaksan, ol meni juft qanotingga,
Aylansin dudog‘ing gul dudog‘iga,
Visoldan xabar ber, sabohlar kabi…
* * *
Fursatning ketari qishga,
Yiqilaman qo‘ldan chiqar.
Ba’zan dedim bilmas ishga,
So‘z ham chiqar, dildan chiqar.
Tuproq ko‘char- ekkan yo‘qdir,
Uy oldida tikan yo‘qdir.
Guldan sira uzmas yo‘qdir,
Arilar ham guldan chiqar.
Saygan yo‘qdir sani, mani,
Bunday bo‘lmas, deyman ya’ni,
Kim yomonlar zamonani,
Topganlaring qo‘ldan chiqar
Ne go‘zallik, xush bahori,
Bizga tushgan qishning qori.
Sellar oqur soylar sari,
Choylarimiz selni kechar.
Shunday tug‘ib mening onam,
Olgan emas orzu, in’om.
Manki, alishgan odamman!
Shoir Fuad kuldan qochar!
DENGIZ BILAN SUHBAT
Yana navbatdagi bahor singari,
Bir dengiz va yana yolg‘iz o‘zimman.
Uyda tanholikda o‘tirgan sari,
Ezildim, balki dengiz berar to‘zimman.
Dengizga boqaman,
U dardlarki ko‘mib to‘lqin uradi.
Har to‘lqini maning yuragimga bir orom, bir hazinlik to‘kar.
Bir lahza bo‘lsa ham mani g‘am- g‘ussadan ayirar…
Unutdirar
O‘tganimni, ketganimni,
Yo‘qolgan sevgimni,
Azizlarimni…
Bir tarafdan esga solsa,
Bir tarafdan xotiralarimni
Tebratur dengiz…
Unuttira olmas dengiz…
Eh, noshukurlik deyman…
Qanday yaxshi dengiz bor!
Bo‘lmasa kimlarga bo‘lishardik dardlarimizni!
Dilbar Haydarova tarjimasi