Firuz Mustafo (1952)

Firuz Mustafo (Firuz Mustafa) – Firuz Mustafo Qadimali o‘g‘li 1952 yil 18 fevralda Gedabeylida tug‘ilgan. Shoir, nosir, dramaturg, esseshunos, faylasuf. Bakuda yashab, ijod qiladi. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

OG‘RIYDI

Hakimlar, tabiblar qolar bir yonda,
O‘zim ham bilmagan yaram og‘riydi.
Manim dardlarimning dardi dorimas,
Yaramning ichinda yaram og‘riydi.

Na da ko‘zim qolib, na da ki ta’bim,
Qo‘llardan -qo‘llarga o‘tar kitobim,
Ranglarga bo‘yalib, dardim azobim,
Aqlim yeta bilmas yerim og‘riydi.

Bir sanam yo‘lini bu yondan solib,
Feruzning aqlini boshidan olib,
Maning kulgularim alamli bo‘lib,
Ichimda bir damli orom yig‘laydi.

BOShQA

Dunyo bo‘linibdir yig‘lab qaragin,
Rang yo‘qdir kechayu-kunduzdan boshqa.
Birlikda bo‘lsakda birga aytaylik,
Bizni kim tuyadi bosh bizdan boshqa?

Yaloqlar, yaltoqlar aylansa boshga,
O‘g‘rilar to‘g‘rini tutganda toshga,
Ustingga qilichla kelgan farroshga,
Qanday dov kelasan sen so‘zdan boshqa?

Haddidan oshibdi zulm dunyoda,
Yomon arzon bo‘lib o‘lim dunyoda.
Hech kimga ishonma, gulim dunyoda,
Bir tangridan yana Firuzdan boshqa.

* * *

Seving ayollarni, yurakdan seving!
Onadir, singildir, yordir ayollar.
Billur ustunidir ular щar uyning,
Savlatdir, davlatdir, yordir ayollar.

Ayollarni seving, seving yurakdan,
Ayollar zarifdir guldan, chechakdan.

Sevinchi baщordir, qayg‘usi qishdir,
Ayol щaqqi tengdir tangri щaqqiga.
Ayollar iloщiy щaykaltaroshdir,
Ruщ berur, jon berur, yaratganiga.

* * *

Men bergan gullarni bag‘ringga bosding,
O‘pding, azizlading jajji go‘dakdek.
Menga yaqinlashib sen asta-asta,
Boqding ko‘zlarimga kulgan chechakdek.

Sening qo‘llaringga uzaldi qo‘lim,
Yuragim potradi, titradi dilim.

Sening tabassuming, sening kulishing,
Shanki malham bo‘ldi, mening dardimga.
Siynangga bosdingku, men bergan gulni,
Men ham seni guldek bosdim bag‘rimga.

Dilafro‘z Akram qizi tarjimasi