Fikrat Mursaqulov (Fikrət Mursaqulov) — ozarbayjon shoiri, jurnalist.
TASALLI
O‘qib-o‘qib,
yozib-yozib,
Nur alifbosin o‘rgatmoqdaman
barmoqlarimga.
Xush ko‘rdik, ko‘zlarim,
xush ko‘rdik!
* * *
Taralgan kuylarning bir qo‘li kesik,
Yuqori pardalar g‘am qanotinda.
Ul chaman safosi, osmon g‘ovuri,
Xo‘ngraydi ko‘ksimda qafas ortinda.
Qorib alamiga umidini ham,
Ko‘zlaydi qo‘shig‘i yorug‘ kunduzni.
Bir on ko‘rsam, deydi, o‘limdan avval,
Bir gul g‘unchasini, osmon yuzini.
Ozarbayjon tilidan Shahlo Qosimova tarjimasi