Elli Otayurt (Elli Atayurd) – Mamedov Shukur Gasham o‘g‘li 1961 yil 19 mayda G‘arbiy Ozarbayjonning Karvonsaroy qishlog‘ida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli matematik, turkshunos, shoir. Uchta she’riy kitobi chop etilgan. Turkmaniston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
DO‘STLARIMGA
Jonajon do‘stlarim, jon qardoshlarim,
Hasrat yomg‘irining sellaridaman.
Sizlarga savdoli gul bog‘larimning,
Hali ochilmagan gullaridaman.
Visol intizorin shalolasida,
Bulbulning gullarga hasrat sasida,
Olovning ko‘klarga olov bahsida,
Quyoshning nur sochgan nurlaridaman
Qor bo‘ronli qishning yoz, bahorida,
Vatan ol quyoshin g‘am g‘uborida,
Yurakni yurakka ahd qilganida,
Sevgan ko‘ngillarning qo‘llaridaman.
Jayronning u hurkak bo‘ylashlarida,
Turna qatorining quvlashlarida,
Demagil yo‘q erur hasratning so‘nggi,
Faqat sen tanhosan, men esa yolg‘iz.
Ne chizding, ne chizdim, Bilarman buni.
Sen ishqni, men ishqing suratin chizdim…
Yangitdan o‘chir…
So‘nggi so‘z ne bo‘ldi?
Uzoqmi yo‘llar?..
Bunga kelma… sira bunga kelma yoz…
Sanga na yubordim, kuzmi, yoki yoz?..
Mening uchun farqi yo‘q, a’lo xazondir!
Yana ichimdagi olov alishmas,
Sen o‘z ko‘zingdagi chiroqni yondir.
Tushding, ayriliqning izmiga yana,
Yo‘lingdan qaytiblar kela olasan.
Dardingni chizasan ichingga yana,
Mening faryodimda o‘zing bo‘lasan.
OZARBAYJONDA
Siyog‘i mardligi, idrok in’omli,
Bir in’om yaranur Ozarbayjonda.
Nurin quyosh kabi olamga sochgan,
Bir in’om yaralur Ozarbayjonda.
Zardushtdan, Qo‘rqutdan qolgan kulingdan,
Sozingdan muqomga muzrob qanotdan,
Hallojning nurida kuyning selindan,
Jarchilar yaralur Ozarbayjonda,
Bir in’om yaralur Ozarbayjonda.
Go‘dakdek ozodlik va’da isidan,
Oshiqlik qudrati Fuzuliysidan.
Naimiy, Nasimiy, tilaklaridan,
Jarjilar jar solur Ozarbayjonda,
Bir in’om yaralur Ozarbayjonda.
Dunyo qorong‘ilik ichida hasrat,
Yarata bilmadi insonga hayrat,
Nur chayar jahonni insonlar albat,
Jarchilar o‘sadi Ozarbayjonda,
Bir in’om yaralur Ozarbayjonda.
Odamlar selida inson axtargan,
Insonga topinib in’om yaratgan,
Bashar xatosini ona anglagan,
Jarchilar yaralur Ozarbayjonda,
Bir in’om yaralur Ozarbayjonda!
KO‘ZLARING
Aqlimni boshimdan olgan ko‘zlaring,
Zanjirli, qandadli quli bo‘lardim.
Bir boqish lutf ayla, oshiqqa ehson,
Yonib ko‘z o‘ngingda kuling bo‘lardim.
Gulli chaman olam ko‘zlari uchun,
Olam mani o‘ldirgan so‘zlari uchun,
Qiyg‘och boshingda nozlaring uchun,
Yoshdarim o‘tganda choling bo‘lardim.
Bir boqish yo‘lla san sahar mahnida,
Chamanning barq urgan gavhar shohida,
Hasratda qovrilgan qadar ishqida,
Visol daryosida soling bo‘lardim.
Ishqing daryosida sening g‘amingman,
Majnun nolasiman, Layli g‘amiman,
Hijron, intizorlik visol damiman,
Yo‘l poylar ko‘zingda yo‘ling bo‘lardim…
KELDIM
Bu zolim dunyoga bir savashim bor,
Tuhfasiz, shu bo‘m-bo‘sh qo‘lim-la, keldim.
Insonga savdoli yongan yurak-la,
Sevgilar so‘ylagan dil bilan keldim.
Turk in’om, ishonchin yotlarga otdi,
O‘zgaga topindi, o‘zini chopdi,
Yuotida yog‘iydar otlar o‘ynatdi,
O‘chog‘imda qolgan kul bilan keldim.
Gurshod Atillaman, Mete nasliman,
Ozodlik savdoli Babak asliman,
Tangridan Haq bo‘lgan Haqqa sasliman,
Qilichga ishongan holimda keldim.
Sozning simlarinino oh-nolasida,
Maqomning ilohiy Mutlaq sasida,
Xayrli yo‘l bosgan inson darsida,
Insonlik yo‘lida bilimli keldim.
Azaliy, Abadiy Mutlov in’omla,
Yuraklarga Quyosh – mujda salomla,
Dunyoni titratgan u to‘rt kalomla,
Ruhimda saqlagan selimla, keldim
In’om quyoshining zarrasiman men,
Azalning yildirim nimasiman men,
Ota o‘chog‘ining Ellisiman men,
Basharning hiylasi yo‘lida keldim.
Dilbar Haydarova tarjimasi