Elchin Mirzabeyli (1967)

Elchin Mirzabeyli (Elçin Mirzəbəyli) 1967 yil Ozarbayjonning Lenkoran shahrida tug‘ilgan. Taniqli jurnalist, shoir, siyosiy ekspert. “Bir kechaning tanholigi”, “Sevgi maktublari” singari qator kitoblari chop etilgan. Shoirning she’rlari, esselari, publitsistik maqolalari Ozarbayjrn, Turkiya, Italiya, O‘zbekiston va Rossiya singari mamlakatlarda nashr etilgan.
Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.

* * *

Demagil yo‘q erur hasratning so‘nggi,
Faqat sen tanhosan, men esa yolg‘iz.
Ne chizding, ne chizdim,
Bilarman buni.
Sen ishqni, men ishqing suratin chizdim…
Yangitdan o‘chir…
So‘nggi so‘z ne bo‘ldi?
Uzoqmi yo‘llar?..
Bunga kelma… sira bunga kelma yoz…
Sanga na yubordim, kuzmi, yoki yoz?..
Meningchun farqi yo‘q, a’lo xazondir!
Yana ichimdagi olov alishmas,
Sen o‘z ko‘zingdagi chiroqni yondir.
Tushding, ayriliqning izmiga yana,
Yo‘lingdan qaytiblar kela olasan.
Dardingni chizasan ichingga yana,
Mening faryodimda o‘zing bo‘lasan.

OY IShQI

Kecha qor ustida suzilar,
Sabrning tungi nolasi.
So‘ng nuqtasidan bo‘ylagan,
Xotin gavdasining
Shevalarida…
Tinch Oy…
Sevinchning…
Qadrning…
Ayriliqning,
Nafratni,
Bir odimdayoq
Tinchlikka to‘kilmish
Va xotirjamlik
Sukutiga burilgan
Ozodlik haykali…
Tinch Oy…
Ko‘zga sachramagan
Bir hovuch ishq.

* * *

Oy ishqi?
Boshim osmon bo‘ldi
Boshim osmon bo‘ldi dedilar,
Ranggi tumanlarga, bulutga botar.
Bir parcha umid bor oyog‘im yerda,
Oyog‘im bir parcha umidga botar.

Bir parcha umr bor ko‘zim o‘ngida –
Bokira…
So‘ngida bir fasl g‘olib,
O‘tgan yo‘llarimdan na bir e’tirof.
Qayda…
Aytarlarim mahfiy sir qolib.
Boshimning ustida osmon dedilar,
Oyog‘im oldinda yorqin saharim.
Endi gullayotgan g‘uncha labiman –
Ichimga yiqilgan minoralarim…

Yomg‘irlar to‘kilar kiprigimizga,
Yana qismatimiz ko‘z yoshi bo‘lur.
Dardini tangriga so‘zlaganlarning,
Xotira daftari bosh toshi bo‘lur.

Singir qulog‘imga azon sadosi,
Ko‘zim…
Pichirlashdan boshlar saharin.
Men seni samoga berib ketaman,
Osmoni poyonsiz bo‘lgan shaharim.

Dilafro‘z Akram qizi tarjimasi

ENG XUShBAXT O‘LIM…

Gar boshing yostiqqa yotgani damda,
Qoshingga bir odam kelmasa og‘ir.
Umiding so‘nginchi martaga qolar,
So‘nginchi umiding aziyat chekar.

Xabar bor yuraging og‘riqlaridan,
Yangi og‘riqdan yonar yuraging.
Porox hidlariga to‘lar yuragim,
Ichida savdolar piligin chekar.

Sovurgan umringning so‘ng bahoridan,
Bir yodim ko‘rarsan orzularingda,
O‘zingni osarsan…
Orzularing ham
Oyog‘ing oltindan kursini bosar.

Sinar asablaring – sinar to‘zimin,
Eydi ko‘z yoshlaring, yeydi o‘zingni.
Sevgan xotining ham yumar ko‘zini,
Ustiga sevgining o‘rtovi chekar…

SENI KUTAYaPMAN

Bir kun ko‘zlaringni ochib ko‘rasan,
Samo yuzi yaqindan yaqinroq senga.
So‘nggi nafas kabi so‘nggi da’fa,
So‘nggi da’fa tegindi senga.

Bir kun qo‘llaringni ochib ko‘rasan…
Duolar hovching ichiga qo‘ngan.
Butun orzularing bolaligingdan,
Butun umidlaring go‘dakka do‘ngan.

… Bir kun yasharasan…
A’lo bir kun ishon,
Sen uchun yuz yilning savobi kelar,
So‘nggida…
O‘limga maktub yozasan,
“Sani kutayapman javobi kelar”.

MINORA SOYaSI

Duolaring yerga do‘nar,
Bir mazlumning sasi kabi.
Qulog‘ingga kuy chalinar,
Xotira nag‘masi kabi.

Bir hujraga chekinasan,
Zumrad kabi yig‘ilasan.
Ko‘kdan yerga yiqilasan,
Minora soyasi kabi…

UMR PORTRETI

Bir devor qurasan xotiralardan,
Yuksalar, uchilar, cho‘kur ichinda.
Qayga o‘z yukini yig‘ib oborur,
Qayga o‘z uyiga tikar ichinda.

Ba’zan yaqining ham uzoqqa do‘nar,
Ruhing o‘z jismida qo‘noqqa do‘nar…
Butun umidlaring yemoqqa do‘nar,
Dard tutib ipini tikar ichingda.

Umr bir otimlik oqlik kabidir,
Tez o‘tar, tez bitar – afsun kabidir…
Har kishi ichida qo‘shin kabidir,
Har kishi a’zodek taqdir ichinda…

OG‘RIQ

Bir kun ozib qolasan umrning ayvonida,
Qay tuni uyingga oborarlar, bilmaysan…
Yig‘lay ham olmaysan, kula bilmaysan…
Yig‘lay olmaysan, sevina bilmaysan…

Tikilib boqishlaring,
Umr yo‘lin yarmidan –
So‘ngra…
Ko‘z yoshlaring ham
Sizar
mayin – mayin…

Kimsasiz cho‘qqilarning muzlagan qori bilan,
O‘rtaysan izlarini yuz yillik yaralarin…
O‘rtaysan izlarini yuz yillik azoblarin…
Ichlarini bezaysan,
Devor qog‘ozlarida…

ALLOHNING OLDIDA

Bir kun asir tushsang…
Asir kunlaring
Umring xazon bo‘lar
Yaproqlar kabi.

Bir nazar tashlaysan xotiralarga,
Umringni qo‘yasan tosh evaziga.
Qo‘lingdan tosh tushar umr yo‘liga,
Ko‘zingdan tog‘ tushar yosh evaziga.

So‘ngra…
Umidlaring sepasan yo‘lga
Ustunninng to‘zini silab shoshasan
Allohning oldida bitta jard bo‘lar,
Uni ham yarmiga bo‘lib shoshasan.

SOVUQ SUKUT

Ketdim, umidlaring yo‘lda ayrilar,
Bir g‘arib ko‘rindi bu shahar sensiz…
Sovuq kechalarning tanholigida,
Qishga taslim bo‘ldi bu sahar sensiz…
Sovudi havolar. .
Yuragim kabi,
Cho‘llar bo‘z bog‘ladi boqishlarimda…
Titragan nafasim chizdi rasmini,
Chizdi yolg‘on ishqing naqshlarida…

* * *

Bir albom hozirla rasmlarimdan,
Ichida ko‘z yoshi bo‘lmasin ammo.
Na og‘riq, na achchiq, na dard, na azob,
Unda mozor toshi bo‘lmasin ammo.

G‘unchalar ichida, gullar ichida,
Chechak kulishini totini chizdir.
Chizdir qo‘llaringning haroratini,
Titroq bo‘salarning suratin chizdir.

Sening ko‘p savdoli boqishlaringni,
Soching tolasida bir bora yubor.
Bu telba savdoning ishq sharbatini,
Gulning yaprog‘iga suz, manga yubor.

Ich-isingdan nozli boqishing ila,
Qalbingla tomosho suratin chizdir.
Samolarda uchgan turna sevgimga,
Kel, o‘zing osmonning suratin chizdir.

Asta pichirlagin, sevaman so‘zin,
So‘ngra chiz, sasingning suratin yubor.
Manga sochlaringning atrini yo‘lla,
Manga gul nafasing suratin yubor.

BU KEChA ISTAMBUL KABIMAN…

Bu kecha Istambul
Do‘stim, na savdolar boshlar,
So‘qoqlaringda,
Na savdolar bitar…
Ko‘chalaringda…
Shahrisan orzu-umidlarimning,
Bo‘zumtul ko‘lkalari…
Bu kecha istambul kabiman,
Do‘stim…
Balandlik dunyosida,
Uchadi minorlarim…
Bu kecha Istambul kabiman,
Do‘stim…
Bir-biridan o‘zga suyanchig‘i bo‘lmagan,
Qirq qanotli orzular kabidir.
Kechga qolganlarim…
Bir da’fa ucholmaslar…
Va hech qachon to‘ymaslar,
Dunyoning tonglariga…
El sollanib
Qorishiq tuyg‘ularning so‘ng bahoriga,
Sevinch-la,
Sevgi-la,
Nafrat-la,
Yuza-yuza,
Ich-icha,
Bu kecha
Bu kecha Istambul kabiman, do‘stim.
Bir sahar
Fotih bo‘lgan xotin kabi yuzlarim kuladi
Xotiralarim…
Bu sahar
Tuganmas umidlarga ovunib,
Horg‘in savdolar bilan tongni kutgan
Saharlar…
Ishq va ayriliq qo‘rquvchi
Taxta ayvonlardan bo‘ylagan chechaklar,
Ishq va ayriliq qo‘rquvchi
Bo‘lingan xayollarning
Elkaniga uzalgan qo‘llar…
Qanotlilar
Qanot qoqib
Yasharlar umrin.
Ko‘pikka aylangan
To‘lqinlar bilan.
Vidolar aytadi
Umrimizning so‘ng bahoriga…
Tong hali uzoq, do‘stim,
Bilaman…
To‘g‘risi…
Bu kecha Istambul kabiman…

Dilbar Haydarova tarjimasi