Ayoz Arabachi (Ayaz Arabaçı) – ozarbayjon shoiri. 5 ta kitobi chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1999).
KUZ OQShOMIDA…
Bu kuz oqshomida nargiz atri bor,
Ufurib shoshqaloq ko‘klamdan keldi.
Kel, hech bo‘lmasa sen so‘rma, qalbimga
Sovuq kunda bahor qaylardan keldi…
Ko‘nglim chechak ochar shabbodalardan,
Ovozing yomg‘irdek singgar jonimga.
Ilk ishqning sarg‘aygan maktubi kabi,
Chinor yaproqlari tushar yonimga.
O‘tdim bog‘ingizdan, oyna tagidan,
Orzumning sarhadi, devori yo‘qdir,
Yuzimga ikki oy boqdi bu kecha,
Bulut kipriklarning xabari yo‘qdir.
Mening so‘zlarimga lab burar eding,
Boq, kuz ham bahordek bilar qadringni.
Axir, sendan boshqa kim keltirardi,
Bu kuz oqshomida nargiz atrini.
Ozarbayjon tilidan Shahlo Qosimova tarjimasi
* * *
Bo‘g‘zimni bir udum, shikorla yoshlagayman,
So‘zimni sandayn ochib, san bilan boshlagayman.
Ollohimni chaqirib, shaytonga tosh otgayman,
Ba’zida goh o‘zimdan-o‘zimni tishlagayman,
Siynamni tuproq kabi, eshaman, xushlagayman.
Nomidan quvonganda, sanda yuvoshlangayman.
Har kuni sani o‘ylab, sani olqishlagayman.
Maning askar qardoshim, bosh egaman o‘ngimda-
Egaman o‘ningga bosh.
Janglar endi boshlanar–endi boshlanar savash.
Najot qonga-qondadir, najot kundan-kungadir,
Bo‘y egib suralarni, ko‘r necha yuz mingdadir,
Quzg‘unlar qaynasa ham, turnalar safidadir.
Saning g‘ayrat kitobing, ko‘nglimning rafidadir.
Sulh deb baqirganlar, nomusi ketindadir.
Qo‘ri bobong singari neki sharafingdadir.
Bugun tangri o‘zi ham, saning tarafingdadir.
Xo‘jaylining hali ham yonar ko‘zlarida yosh,
Janglar endi boshlanur-endi boshlanur savash.
Nuqta qo‘y nag‘allarga, inonmoq borligiga.
Ko‘p yoqildi bag‘rimiz, xiyonatning sasiga.
Olisdagi o‘lkalar, yurdilar haq ishiga.
Vurg‘un bu imtihonda, ko‘plarining tushiga.
Qurbon bo‘lay u mag‘rur, u amir berishiga.
Bu ablah mal’unlarning, bo‘ynini qisishiga.
Unsiz ham soch-bosh qolib, qolibdi yog‘iy, soch-bosh…
Janglar endi boshlanur-endi boshlanur savash.
Uchgan bayrog‘ingdadir, qazganimiz minalar,
Ortiq tark aylagandir, buni ishi fanolar.
Senikir duolar-senikidir sanolr.
Kalbasarga-Lochinga, zafar g‘amin yon olar.
O‘g‘il dardga egilmas, o‘g‘il qonga-qon olar.
Bunda orqa jabhada uxlab yotmas onalar.
Yuragida hayajon ko‘zida so‘ngsiz talash.
Janglar endi boshlanur-endi boshlanur savash.
Qo‘llaringda jon berib, necha-necha qardoshing,
Sandog‘idan uchadi, mag‘rur egilmas boshing.
Yorilmadi bir bora, og‘ir kunimda toshing.
Boqma sesak yoshidir-fidon yoshiydi, yoshing.
Bir arslon savashiydi, bu kun saning savashing.
Sendan boshqa kimi bor, bu zamining-bu toshing. .
Hayda hey olchoqlarni, bir boshdan yuvosh-yuvosh,
Janglar endi boshlanur–endi boshlanur savash.
Qoyalarning ko‘ksiga, bosilsin qizil izing.
Yolg‘iz Qorabog‘ degin, makoni sevgimizning.
Ko‘zini yo‘lda qo‘yma, Savalaning, Tabrizning.
O‘ngida sarg‘amlari, surindir tizim-tizim.
Qonga-qon vaqtig‘kelib, na ko‘rsatish-na izn,
G‘ayratingga quvonur, Vatan har biringizning…
Joyi kelsa tosh ayla, ayla yuragingni tosh.
Janglar endi boshlanur-
Endi boshlanur savash!!!
O‘G‘LIMGA NASIHAT
Yuragim og‘riydi senga boqqanda,
Ko‘tara olmayman boshimni yerdan.
Senga libos bo‘lmas, kiyim-bosh bo‘lmas,
Senga cho‘rak kelmas besh-o‘nta she’rdan.
Atrofdan boqqanlar yaxshi bilurlar,
She’r pul keltirar, qalam pul kesar.
O‘zing shohidsanki, cho‘ntagimizda,
Sichqonlar o‘ynaydi, shamollar esur.
Endi boshlanganda talaba davring,
Millat ayrolikka buncha moyildir.
Baribir sen ozroq ko‘zi ochiq bo‘l,
Otang bu dunyoni kechroq angladi.
Hech kimga achinma, hech kimga yonma,
Tut har vaqt, har zamon pulni muqaddas.
Biluvga, savodga, ilmga quvonma,
Bilki, yaltoqlikdan o‘sar xoru-xas.
Qaragin, kursilarda kimlar o‘ltirar,
Beshta-oltitasi kutdi, nodon-da.
Darsingda yo‘q bo‘lsa, hayotdan o‘rgan,
Nizomiy, Fuzuliy asoslagandi.
Ko‘rganing yolg‘onlar bu to‘y, bu bisot,
Odamiy har yerda o‘lipti o‘g‘lim,
Hafta bozoridan- xijolatdasan,
Devlar bu shaharni bo‘lipti o‘g‘lim.
Sen bir oz ayiq bo‘l, uzoqlarni ko‘r,
Sen sevishni o‘rgan, tilla, toshini.
Jallod kundasiga bosh qo‘yma mandek,
Qay yo‘l bilan bo‘lsin, saqla boshingni.
Ko‘r qanday yashaydi to‘rt yoning bola,
O‘rgan, atrofingga, yaxshi nazar sol.
Yo‘qsa umr bo‘yi afsuslanasan,
Boshingda bu g‘avg‘o, bu alam, bu g‘am.
Oson erishmoqni yo‘lini topsang,
Na dard ko‘tarasan, na g‘amin yeysan.
Hatto
Arslon terisidan to‘n ham kiyarsan,
Suhbatlar qurilsa layoqat nima.
Hisobda turarlar ishi bo‘lganlar…
Ko‘rgil, odamzodni kitob bog‘laydi,
Avlod hisobida qator bo‘lganlar.
Ortar iblislarning kuchi-talanti,
Yap-yangi kitoblar nozil bo‘larlar.
Tebranishga usta ko‘z-kiprigida,
Deputat bo‘larlar, nozir bo‘larlar.
Qarama, deyarli qari-qurishgan,
Ko‘pikday ko‘tarib, bu sovun, bu maz,
Axir manda ancha ustozlar bor deb,
-Ota nasihati foydasiz bo‘lmas.
Umr ham bir bora berilur bizga,
Tark etib bo‘lmaydi bu haqiqatni.
Zerikib tugagan otangga boqib,
San o‘z tanlovingda yengilma qaytib… .
O‘zingga olmagan sifatlarni ham,
Erta tonglaringdan top, vaqti kelsa,
Mazlumning so‘nginchi eshigini ham,
Baqirda-baqirgin eshigi kelsa.
Kezganda har zamon burningni ko‘tar,
Esingga qo‘rquvni hech ham keltirma.
Shunda orzularning burni qonamas,
Agar quloq bersang nasihatimga.
Na soching vaqtidan avval oqarar,
Na qora toledan xabaring bo‘lar.
Endi biz o‘lmoqqa o‘y topolmasmiz-
Unda shod Londonda o‘n o‘yin bo‘lar.
Tingla… Og‘zimizda saqichga do‘nmish,
Dardlari na qadar chaynasak bo‘lar…
Yana na deyinki,
Seningdir qiyin
Yo‘llar bor olqishdan qarg‘ishga kabi…
Orqasi, suyanchi bo‘lmaganlarning,
Ezib-toptaydilar qorishiq kabi.
Bir so‘zda, u siz ham foniydir hayot,
Ishlagin, yashama umringni bekor.
Yana ne desinki, ota o‘g‘ilga,
Yana ne aytadi, mendan o‘tkarib.
* * *
O‘lging kelganida, qo‘ng‘iroq ayla,
Sani bir sehrli so‘zla o‘ldiray,
Bir oz qo‘l tekizib asablaringga,
Bir oz to‘g‘ri so‘z deb, bo‘zlab o‘ldiray.
Neni fikirlasang, chekinma so‘zla,
Asl haqiqatda man bo‘l, o‘zim bo‘l.
Axir sanday o‘tru manim qo‘limda,
O‘lmog‘i u qadar qo‘rqinchli emas.
Manga tanish bo‘lsin, kechirganing his,
O‘lmak istaganda go‘zal deyin chiq.
Sani o‘ldirmoqning bir usuli bor-
Na jallod shamshiri, na dor, na chormix.
O‘lmak istaganda qat’iy qaror ber,
Qiyin unvoningga oson kulakla.
Chiqar dalli kabi g‘olib bo‘yningga,
O‘limni qarshila ochiq yurak-la.
Yozsin qanotini sarrin bir oqshom,
Ochsin ko‘llarini bir bora quyi.
U doddan, u tamdan, u shirinlikdan,
Oqsin o‘lmak uchun og‘zingning suvi.
Hech ham xotirlama, hech ham tushunma.
Iliq ko‘z yosh bilan ko‘zlaringni yum.
Besh-olti rang-barang baliq qulog‘i,
Va birgina hovuch, issiqqina qum.
O‘lmoq istar esang, tikil rasmimga,
Titrasin qarshingda oyoq- qo‘llarim.
O‘lmoq istaganda aylan sukutga,
Sasingni uzoqdan eshitib kelgum.
Tugat qalbingdagi olish-berishni,
San mani hayotda hech kimga bo‘lma.
Gar o‘lmak istasang, menga zang ayla,
Shunday o‘ldirayki, hech qachon o‘lma.
* * *
Ochaman ko‘nglimning so‘z dasturxonin,
To‘kilur har yondan ko‘zi qoshimga.
Bu kun hasratimning ziyofatidir,
Yiqqanman dunyoning-so‘zin boshimga.
Bu ayru, bir tanho hikoyatdaman,
Haqqa yuz kitoblik shikoyatdaman.
O‘zim ham bilmasman na qiymatdaman,
Pul qo‘ygan olmaydi-g‘ami boshimda.
So‘z nadir, bilmaslar, ruhi kasallar.
Bilsalar mani ham tig‘da sancharlar,
Garovga topganda qonim icharlar,
Yolg‘ondan ont ichar yuz-ko‘z, boshimda.
Kimning chirkinini, kirini yoysam,
Qay zamon yashadim, sirlarim yoysam,
Man sanga qay birin to‘kib aytolsam,
Nelar ham kelmadi, g‘amlar boshimda.
Yuraksiz ne yozay, so‘zdamidi ayb,
Odamning har yerda turishidir g‘ayb,
Sochlarim olganda og‘rimas ne ayb,
Turar ko‘z yoshimning tuzi boshimda.
OZARBAYJON ASKARI
Zafaringni ko‘zim bilan topayin,
Bir ummonsan dolg‘alangan, ko‘pirgan…
Tepki bosgan barmog‘ingdan o‘paman,
Ozarbayjon askari!
Tovushmisan, chamanlarning rangisan,
Men har kuni mahv bo‘laman, zangisan…
Sen to abad ozodlikning jangi san,
Ozarbayjon askari!
Malol olma ko‘ngil kular bu chog‘da,
Har zafaring, g‘alabadan nishondir,
Uch hamlaga, besh hamlaga Shushadir,
Ozarbayjon askari!
Yuragimga olov tutgan shamimsan,
Ulli yurtni yashatmoqqa zaminsan,
Qaysi yo‘ldan kelishingga aminsan,
Ozarbayjon askari!
So‘zday uchib, uchib otda kelurman,
Uchib, yonib ustdan, olddan kelurman,
Harb ilmidan quvvat bo‘lib kelurman,
Ozarbayjon askari!
* * *
Orada yolg‘onchi masofalar bor,
Vaslingga sira ham yetmoqqa qo‘ymas.
Hasrating o‘zini fidolar aylar,
Boshimni oliblar, ketmoqqa qo‘ymas.
Yo‘qdir bu hayotdan quvontirarim,
Qish bo‘lib, ochilmas umrim, zargarim,
Qonuniy ediku, ishqi manligim,
Kim oshdida arzon sotmoqqa qo‘ymas.
Na inson ketarda, na rajab bo‘lur,
Manga yaqin yursa, ko‘p ajab bo‘lur,
Balki duolaring mustajob bo‘lur,
Mani ko‘z yoshimda botmoqqa qo‘ymas.
Baxtiyorlik haqda qanday hadis bor,
Unutma qalbingda man otli his bor,
O, dalli, ichimda qanchalar his bor,
Sani bir da’falik otmoqqa qo‘ymas…
* * *
Ko‘nglima bosh qo‘yib a’lo yotibsan,
Uyg‘onmas uyquda na vaqtdir she’rim.
A’lo bil ming yillik darmon otibsan,
Xabaring yo‘q edi, sabohdir she’rim.
Ishqingni hech zamon uzoqda bilma,
Sasingni hech qayda siqma, bo‘g‘ilma.
Hayotga, siynamdan olu tug‘ilma,
Hayot na omondir, na ohdir she’rim.
Dardingni toleying ustiga otma,
Kuchsizning haqqini, kuchsizga sotma.
Fursatni yo‘qotma, vaqtni uzatma,
Loqaydlikni o‘zi gunohdir she’rim.
Bir dafa yurakdir, ming dafa o‘qdir,
Hasratning hamisha alyori ko‘pdir.
Usiz bu hayotda hech biri yo‘qdir,
Na haqni chaqirma, na baxtni she’rim.
Boshingni o‘zingcha har toshga urma,
Qayda yashaydursan ket yasha, qolma,
Eng xarob, eng qonsiz og‘risa aytma,
Bu kun imtihondir, sinovdir she’rim.
Balki bir ovchisan, balki bir ovsan,
Bir san qo‘yarsanki, og‘rig‘im qo‘ysang…
Bir maning ustimda “Kalashnikov”san,
Saning bir otingdan sinaldi, she’rim.
* * *
Senga og‘ir bo‘lur, meni unutmoq,
Ko‘z ochib ko‘rganing, xabari menman.
Yolg‘ondan yig‘lama, u boshqa biroq,
Hali hamon ko‘ngling g‘ubori menman.
Berarsan eng achchiq hasratni menga,
Chekaman toza bir ruhing rozini.
Quyoshli kunlarning faslida kezma,
Saning toleyingda bahor ovoziman.
U sas qulog‘ingda, manim sasimdir,
U sasdan yuraging o‘tli tatimdir.
Sochingda o‘ynagan o‘t nafasimdir,
Qora qanotingning tumori menman.
Ko‘zlaring tubiga saroylar cho‘kkan,
Ko‘ngillar qoniga yuraklar cho‘kkan,
Yozning issig‘ida azobin to‘kkan,
Boshingda aylangan u ari menman.
Har kun yuragingda yara kecharsan,
Bu ishqning yo‘lida qayga ketarsan,
Sen mendanotlanib qayga ketarsan –
U hazor,u devor, u bari menman.
Qutqar bu nag‘madan,qutqar san mani…
Ko‘zingda- ko‘nglingda obor san mani,
Qayda orzulasang toparsan mani,
Butun Ozarbayjon diyori menman.
* * *
Eng uzoq yulduzda hayot izladik,
Eng yaqin ko‘ngilni ko‘ra bilmadik,
Hech vaqt yonimizda bo‘lgan odamni,
Asil qiymatini bera bilmadik.
Bosh olib ketamiz eshikni yopib,
Ketamiz, bahordan qishga tushamiz.
Hech qachon vaqtida tarki yot etib,
Har ishni kechikib ishga tushamiz.
Bir shirin hayolga tolgani zamon,
Boshidan ming achchiq so‘z yog‘diramiz.
Hech qachon vaqt farqin bilmaymiz hamon,
Yurakni ezamiz, dil deb yozg‘iramiz.
Ketib o‘ltiramiz kafeda, barda,
Pishirib, kuydirar, biz-chi, yemaymiz.
Bizga kecha – kunduz jonini bergan,
Xonimga chiroylik bir so‘z demaymiz.
Do‘nar asta – asta ko‘lkaga do‘nur,
Unutib qo‘yamiz gohida uni.
Gullar olib borib boshqalariga,
Tushmas yodimizga, tug‘ilgan kuni.
Ko‘p vaqt xushvaqt qildi, eng oddiy narsa,
Umr iplariga hayol o‘rarlar,
Qurgan o‘chog‘ini qo‘rimoq uchun,
Ming- ming azoblarga ko‘krak kerurlar.
Olib ko‘nglimizni uzoqdan- uzoq,
Otamiz eng uchqur bir diyoriga.
Yolg‘iz o‘z safomiz, nash’a deb shu choq,
Qora chiziq tortib orzulariga.
Har kuni takrordir shu xatolari,
To‘zurlar,sevarlar,kechiradilar.
Doim otimizni sharaflaydilar.
Doim umrimizni naqishlaydilar.
Ba’zan ko‘p ko‘ramiz oti adashdir,
Qaydan bilay ehhe,nelar fikrlashamiz.
Ular uy qurarlar,shahar solurlar,
Biz zilzilar haqda fikrlashamiz…
Dilbar Haydarova tarjimasi