Alihaydar Boboyev (1962)

Boboyev Ali Haydar G‘ayib o‘g‘li (Əliheydər Qayiboğlu Babayev) 1962 yil 10 aprelda Ozarboyjonning Lenkoran rayonida tug‘ilgan.
U pedagog, shoir, yozuvchi, puplitsist sifatida shuhrat qozongan. 2004 yildan Bokuda yashab, ijod qiladi. Turli antologiya, to‘plamlarda asarlari chop etilgan. Besh she’riy kitobi, ikki romani bosilib chiqqan. Uning asarlari turli tillarga tarjima qilingan.

* * *

Balki sendan mutloq ayrilmas edim,
Agarda begona so‘z bo‘lmasaydi.
Birga odimlardik hayot yo‘lida,
Bizga xoin boqqan ko‘z bo‘lmasaydi.

Har dardi bor yerda davosi edik,
Azobga birlikda javobi edik,
Qo‘lni-qo‘lga bergan savobi edik,
Bizga g‘iybatlardan tuz bo‘lmasaydi.

Ayira olmasdi falak ham bizni,
Buza bilmas edi xalak ham bizni,
Sevgimiz yashnardi yurakda bizni,
Oramiz bu qadar kuz bo‘lmasaydi.

Endi ne ma’no bor izlamog‘imdan,
Man sanga aslida hammadan yaqin.
Dardli qaramasdi, dard, firog‘imga,
Girdimda bo‘ylagan iz bo‘lmasaydi.

* * *

Nega duch kelganmiz, biz unda axir,
Tolening kechikkan o‘yinlari bor.
Bir bora ko‘rdikki, umr yoz chog‘i,
Tolening to‘foni, tushgan qori bor.

Kim bilur, ehtimol, bu soat, bu kun,
Endi yolvorsam gar, tolma deding san.
Umr boshga solur, umr yoridir.
Biz yaralgan esak, bir-birimizchun,
Nega yo‘llarimiz ayri-ayridir?

Iztiroblar chekib yo‘lingda turdim,
Shunda, o‘z yo‘lingdan, qolma deding san.
Bir vaqt, toleyimni qo‘ldan chiqarib,
Endi yolvorsam gar, tolma deding san.

Balki biz bir bora, ko‘risholmadik,
Oramizga tushdi yomon ayriliq.
Ayrilib samoda ko‘rishsak dedik,
Dunyo ucharmidi ayrilmasaydik.

Bu xam bir qismatdir bizga tush bo‘ldi,
O‘ngimiz – uchmoqlik, ortimiz qayga.
Shonli kunlarimiz qushga aylandi,
Uchur charx urgancha, uchur orqaga…

Dilbar Haydarova tarjimasi