Ali og‘a Vohid (1895-1965)

Ali og‘a Vohid Mamedquli o‘g‘li Iskandarov (Əliağa Məmmədqulu oğlu İsgəndərov) Ozarboyjonning atoqli shoiri. Ozarboyjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Vatanida “G‘azalxon” nomini olgan shoir. G‘azalnavis sifatida juda ko‘p mumtoz shoirlar g‘azallarini o‘z ona tiliga tarjima qilgan.

* * *

Yo‘qsa, ey gul, yana gulzorda hol aylamaysan?
G‘unchaning bag‘rini qon, bulbulni lol aylamaysan?

Qomating soya solgan yerlarga kun surtar yuzin,
Uni sargashtayi – zulfin xatti hol aylamaysan?

Qosh qaroliqda yuzinggp tura bilmas qarshi,
Magar, ey moh, quyoshga arzu – jamol aylamaysan?

O‘zgalar mahram bo‘lib vaslingga, o‘z oshig‘ini,
Yondirib hajr ila mahrumi visol aylamaysan?

Oshig‘ing ko‘nglin sindirmoq, go‘zalim yaxshi emas,
Tutar oxir sani ohim, ne hayol aylamaysan?

San ki yo‘qdin, ne bilardim alami ishq nadir,
El ichinda mani Majnunga misol aylamisan?

Vohid, ehson senga, tan o‘qlarini keltirdim,
Yig‘maysan davronga, bir shohi jalol aylarmisan?

* * *

Baxtiyor oshiq o‘turki, uni jononi sevar,
Benavo bulbulini o‘z guli- xandoni sevar.

Man u zulfning o‘zin yuz bora balosin ko‘rdim,
Dalli ko‘nglim yana ul zulfi – parishonni sevir.

E’tibor bo‘lmas o‘zin ko‘rsatgan oshiqlarga,
Ehson bo‘l oshiqqa jononini pinhona sevar!

Asri- hozirki go‘zalliklarni ko‘rmas zohid,
Endi ham jahlini ko‘r, ravzayi- rizvonni sevar.

Sevaman man u nazokatli go‘zal dilbarniki,
Musiqa ilmini, rassomni, g‘azalxonni sevar.

Pir ko‘nglim kelur ilhomga ko‘rarkan qaydan,
Bir nafosatli go‘zal qiz, go‘zal o‘g‘lonni sevar.

Vohidning ovchi bo‘lsa ham, insofi ham bor,
O‘z kamoniga duchor etgan jayronni sevar.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi