Ali Alamiy (1948)

Ali Amirov – Alamiy (Əli Əmirov – Ələmi) asli muhandis, ixtirochi, texnika fanlari nomzodi, dotsent, shoir, publitsist. Alamiy taxallusida ijod qiladi. 1948 yil 12 martda Hojiqabulda tug‘ilgan. Ozarbayjonning Sumgaitida yashab ijod qiladi.

XABARIM BOR

Yashirma, u pok ishqini yora xabarim bor,
Och qalbini, noz aylama yora xabarim bor.

Ko‘rdim ul go‘zal chehraga bir sir yozilmish,
Undan na deyur har bir ishora xabarim bor.

Baxt ildizimiz ko‘r, necha sayrashmada boram,
Ko‘zlar mani bir kim bu sitora xabarim bor.

Qiyo boqishing bil, sani ko‘pdan manga sotmish,
Nozlanma yana, boqma kanora, xabarim bor.

Ko‘z yoshlaring ko‘rdi kuzning fasli ketganda,
O‘ynoqi tabassumla bahora xabarim bor.

Bildim, jon beribsan menga asli necha yillar,
San ham so‘zlaydursan, ne deb chora, xabarim bor.

Kecha ko‘rayin deb Alamiy qayda to‘kildi,
Kunmas u dunyodan bu dunyoga, xabarim bor.

XAYoLIM

Oh, bu xayolim manim boshimni hey aldaydir,
Guyo ochiq, dilimni ol dudogi boldadir.

Totmadim, hech bilolmam, ishd bu so‘z to‘g‘risi,
Kur, tili shirinlarni lablari na holdadir!

Bol arining boli ki shirin bo‘lar, bir davom,
Sanchar, agar bilsa ki, qasding hamon boldadir.

Sochi qora, ko‘zlari sayri shon yulduzchada,
Fikrim uni ko‘rsatib, gizlatar u holdadir.

Lol o‘lurman, tinmayin, kelsa agar o‘z-o‘zi,
Dildan o‘tur, har gunoh, tinmaguncha laldadur.

Qadimiy bir mo‘jiza, har na desa xush kelur,
Rami otur u choramiz endi u rammaldadur.

BO‘LDI

Gulzorda ey gul, na go‘zal suhbating bo‘ldi!
Undan so‘ngra ketding, manga hiyla xating bo‘ldi!

Gullar sanga yetkuncha tomosha aylashardi,
So‘zingcha, eshitdim, deysanki haybating bo‘ldi.

So‘zlar shuncha shirindir, gulim, bol dudog‘ingdak,
Shirinlik azizim, saning o‘z odating bo‘ldi!

Bexush edim unda, na tanishdim, bila olmam,
Ey bo‘sa, sababkor saning lazzating bo‘ldi!

Har bir oshiqqa orzuladim, man bila sodiq,
Qo‘yding boshima, oh saning ismating bo‘ldi.

Xushdir ki, yurgandik yetib bo‘lmas chog‘imizda,
Pir bo‘ldi bu yosh, ishqda ko‘rding metin bo‘ldi.

Shukr et, Alamiy, berdi ilohi bir omonat,
Bu sevgi yashatmoq abadiy qismating bo‘ldi!

* * *

Ey dil, sanga qurbon, na bulur, shonlar ketur kel,
Qo‘llaringa ol zulfi parishona, ketur, kel.

Ko‘nglin manga bermish, Olloh shu yolg‘izimga loyiq,
Nozik bir uzuk, qoshlari durdonamga, keltir, kel.

Istar u oppoq, siynaga qo‘nsin necha yulduz,
Loyiqdir quyosh balki bir dona, ola kel.

Yor ila visol onini sevur, aylanadur sham,
Aylantirgani boshini parvona keltir, kel.

Naylayki, dalli etdi mani bir dalli chehrang,
Olloh bergan insofni bu jayronga keltir, kel.

Devonalikni bilmak imon yonima kelsin,
Sahroda azon bor, o‘sha devona, keltir, kel.

Yorimki sevar, tanho mani, qo‘y hamma bilsin,
Raqibim sindimi?.. Uni do‘stona keltir, kel!

Sev, sev Alamiy, yorni yana to‘ylarga qoldir,
O‘tqazgin uni taxtiga, shohona, keltir, kel.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi