Mashhur ozarbayjon shoiri, nosir, dramaturg va tarjimon Jabiyev Ajdar Fayzulla o‘g‘li (Əjdər Ol) 1958 yilda G‘ozimammad shahrida tug‘ilgan. 1979 yilda Ganja davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, “Ishiq” (Hyp) nashriyotida musahhih, kichik muharrir, “Shur” nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan.
She’r, hikoya, pesa, badia janrlarida ijod qiladi. Uning “Mulla Nasriddin va Amir Temurning fillari”, “Bor ekanda yo‘q ekan”, “So‘nggi maktub” pesalari sahnalashtirilgan. “Usta Yusufning kamonchasi”, “Qodirning yangi hikoyasi”, “Qotil bilan uchrashuv” hikoyalari asosida badiiy filmlar ishlangan. Qirqdan ziyod kitob muallifi. Asarlari 10 dan ortiq tillarga tarjima qilingan; Turkiya, Eron, Polsha, Rossiya, Germaniya, Gruziyada nashr etilgan.
Ajdar O‘l bir qancha portret-hikoyalari uchun Milliy Kitob mukofotiga (2010), “Yasha” she’riy kitobi uchun Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligining “Oltin So‘z” mukofotiga, “Harbiy-dala qo‘mondonining maymuni” hikoyasi Mahmud Koshg‘ariy nomidagi xalqaro tanlovida Gran-priga sazovor bo‘lgan.
ISTIQLOL
Hammaga faxr bilan so‘ylaganim Istiqlol!
Erkimizning rangi deb o‘ylaganim Istiqlol!
Qizargan tong o‘xshaydi bayrog‘im ol qoniga.
Na qilar qonsiz o‘lim maslagim g‘altoniga.
Ko‘ksimni qalqon qilib kirdim jang maydoniga,
O‘z ichimdan tug‘ilib etdi zuhur istiqlol!
So‘zda ish, ishda g‘urur, ma’no shudir istiqlol!
Bizlar seni kutgandik behuda to‘kmadik qon,
Boshini asraganga dedik bosh eg, harqachon.
Qon rangda Kura, Araz, moviy Hazar, yer-osmon,
Ey Yonartog‘da yongan mash’alimiz Istiqlol!
Ey Gobustonda to‘ngan haykalimiz Istiqlol!
Aytaman men uzoqqa, ham yaqin, ham o‘zimga,
Bermayman qo‘ldan uni, diqqat qilgin so‘zimga,
Ammo sherik qilgayman Zanqonim, Tabrizimga,
Mayli o‘tsin Arazni surgun bo‘lgan Istiqlol!
Ey mening erkim bo‘lgan, ko‘rkim bo‘lgan Istiqlol!
Tildan qolar yog‘iylar, soqov kabi, qor kabi,
Ajratolmas bayrog‘im uch rangini ko‘r kabi.
Shonlidir o‘tmishimiz — yigirma yanvar kabi.
Ey shahid o‘g‘li shahid, mangu hayot Istiqlol!
Qahramonlik ishimiz, obi-hayot Istiqlol!
Toki qonxo‘r yovuzlar makrli, hiylasi bor,
Bu go‘zal mamlakatga g‘anim tahlikasi bor,
Garchi dunyoning azizim quruq bir haq sasi bor,
Milliydir, milliy bo‘lib, milliy qolar Istiqlol!
Ballidir*, balli bo‘lib, balli qolar Istiqlol!
Vatani hur bo‘lganning fikri, so‘zi hur bo‘lur,
O‘zini hur qilganning o‘g‘li-qizi hur bo‘lur,
Qaddini tik tutadi, demak o‘zi hur bo‘lur,
Aytaverayinmi yana naylayajak Istiqlol!
Ajdar O‘l der: — bizlarni biz aylayajak Istiqlol!
______________
* Balli — aniq, belgili.
ChAPAQAY
O‘ng qo‘limni yo‘qotdim Qorabog‘ savashida,
Qo‘lim uzilib qoldi yurtimning u boshida.
Xushlamay har narsani ellik bora chizishni,
Bir amallab o‘rgandim chap qo‘limda yozishni.
Chapaqayman, desangiz, yarashmas, bu boshqacha,
O‘ng qo‘l bilan ko‘rishish lazzati ham boshqacha.
Kechikkan chapaqaylik yomon bajaradi ish,
O‘ng qo‘l o‘tmishin eslab battar ortadi tashvish.
Na to‘yda o‘ynay olgum, na mashina suraman,
Tobutning ostida ham chap tomonda kiraman.
Nima qilay, na chora, ko‘nglimni ko‘tarishdi,
Bir qo‘l bajaradigan mosroq bir ish berishdi.
Maqtangulik joyi yo‘q, na bedarak yitganman,
Na-da vatan yo‘lida qurbon bo‘lib ketganman.
Bir qo‘l — yolg‘iz qanotdir yetmasa ham uchmoqqa,
Lekin kifoya qilar bir bolamni quchmoqqa.
Alam qilgan tomoni — na yara, na xastalik,
Qo‘ldan ketdi Qorabog‘, o‘ng qo‘lim ham ustalik*.
_______________
* Ustalik — ustiga ustak.
JUDA YoQADI
Juda ham yoqadi ayvonimizda,
Jimgina o‘tirib o‘qisam, yozsam.
Bir dasta gul bo‘lsa guldonimizda,
Chechaklar atrini hidlasam, yozsam.
Engil epkin essa ko‘k makonimdan,
Sahar quyosh deyman, oqshom oy deyman.
Har zamon ozmudi istaganimdan,
Qultimlab choy ho‘plab miriqay deyman.
Biram yoqtiraman ishkomdan uzib,
Yuvib qo‘yib ketsam sariq toyfini.
Qo‘llarim belimda qaytsam sal kezib,
Qushlar titkilabdi surib kayfini.
Ana bir kapalak uyg‘otib havas,
Shudringda cho‘milar — gullar oshig‘i.
Qarasam misramni ustidan emas,
Ostidan ham chizmish chumchuq tumshug‘i.
Ko‘nglim chechaklardan iforga to‘lsa,
Hislarim she’r bo‘lib oqsa qog‘ozga.
Shunday yayraymanki ilhomim kulsa,
Bo‘ylansam qalamdan, boqsam qog‘ozdan.
Fayzi Shohismoil tarjimasi
YuRTIM – OZARBAYJONIM!
Yurtim – Ozarbayjonim,
O‘lmadim oq kuning ko‘rdim,
Ozarbayjonim!
Bo‘lsa ham, “yo‘q – deydiganim, – dardim” ,
Ozarbayjonim!Sani ko‘p o‘ydi bu dil, ammo chiqarmas otini,
Ko‘zimga to‘tiyodek surtaman tuprog‘ini,
Ko‘kda fazodagidek yo‘llagayman bayrog‘ini,
Gimningni aylamisham yurtim, Ozarbayjonim!
O‘lmadim, oq kuningni ko‘rdim, Ozarbayjonim!
Ko‘p bo‘lib yag‘molangan, so‘lar, uzilar vaqting,
Aylanib, yondirib, tushganda do‘ngan taxting,
Milyon yil barq urgancha endi kelding, chiqding,
Yigitim, qahramonim, mardim,
Ozarbayjonim!
O‘lmadim, oq kuningni ko‘rdim Ozarbayjonim!
Onasidan sovugan kaslarni kam ko‘rmadik,
Yurtga begona boqqan terslarni kam ko‘rmadik,
Qora qish pastlab chiqqan saslarni kam ko‘rmadik,
Jon degan joningga jon berdim, Ozarbayjon!
O‘lmadim yorug‘ kuning ko‘rdim, Ozarbayjonim!
Etdik ozodligingga, biz orzulagan chog‘larda,
Jon fido ayladilar, jon evazi saqlardi,
Mening orqam bo‘yga – bo‘y charxlagan tog‘lardir,
Chinoringga bo‘ylanib turdim,
Ozarbayjonim!
Ammo ko‘nglimda siniqlik ham bor, albatta, Vatan,
Qisilib yig‘lagayman dalada, xilvatda, Vatan.
Vatanim beshda uchi chorladi g‘urbatda, Vatan,
U ki bor zulm ko‘rib yurtim – Ozarbayjonim!
O‘lmadim, yorug‘ kuning ko‘rdim, Ozarbayjonim!
Ajdar O‘l, qarshisida, yo‘l bir balocha shon ko‘raman,
O‘zimning shu’la sochgan istagimga tan ko‘raman,
G‘oliblikdir yo‘limiz qarshidadir, men
Sevgilimdek qo‘lingga kirdim, Ozarbayjonim!
O‘lmadim yorug‘ kuning ko‘rdim, Ozarbayjonim!
ChAQIRIQ
“Qorabog‘ bizniki va nido!”-
Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev.
Chiqdi aks-hujumga shonli o‘rdumiz,
G‘alabani ko‘zlar ona yurtimiz,
Ketamiz yaroli, kelur ortimiz,
Dushmanning tilining uchida vido,
Qorabog‘ bizniyei, bizgadir nido!
Yo‘qolar yo‘q bo‘lib, yo‘qqa chiqadi,
Bayrog‘im hilpirab toqqa chiqadi,
Lochinga chiqadi, Tug‘ga chiqadi
Hasratdan kuch oldik, sevgidan xudo,
Qorabog‘ bizniki, bizniki nido!
Murov azob chekib “yodlagan” bizni,
Kalbasar o‘ttiz yil sog‘ingan bizni,
Oqtom har daqiqa ko‘zlagan bizni,
To‘smas yo‘limizni o‘lim, qon- qa’da,
Qorabog‘ bizniki, bizniki nido!
Quyosh ishqin tutib, Oy yoqib shamin,
A’lo bil tuyganda hayotning ta’min,
Shusha sevgisiga jon atir hammi,
Hamiyat uyquda berilib buta,
Qorabog‘ bizniki, bizniki nido!
Ozarbayjonimning qalbi Qorabog‘,
Engilmas, muhtasham, qalbi Qorabog‘,
Ey harbiy kiyimli harbiy Qorabog‘,
Yog‘iy o‘z hushiga chekinsin, yoda.
Qorabog‘ bizniki, bizniki nido!
Ey, tog‘im, ey boshim, bizga sargar bo‘l!
Ey, do‘stim, qardoshim, zobit, askar bo‘l!
Joningni tishingda tishlab Ajdar O‘l,
Askar marshi ila yuradi u ham,
Qorabog‘ bizniki, bizniki nido!
G‘ALABA MUBORAK
Agar ketar san san haqning jangiga,
G‘alaba muborak, g‘olib muborak!
Bu halol so‘zimni yozgin toshingga,
Yozgan muborakdir, g‘alaba muborak!
Sanki, qon to‘kmassan, qonni olursan,
Qo‘lingdan ne ketib, uni olursan,
San Solur o‘g‘lisan, Bonu olursan,
G‘alaba muborak, g‘olib muborak!
Nomusning jangidir, sening savashing,
Yoningda teng- tushing, do‘sting, yo‘ldoshing,
Yog‘iydan olaring tuprog‘ing, toshing,
Fazong muborakdir, g‘olib muborak!
Qorbog‘ o‘tmaydi, bizdan ketmaydi,
Biz undan ketgandik, fursat o‘tmadi,
San o‘qi, manim ham so‘zim bitmadi,
O‘zgan muborakdir, g‘olib muborak!
Joningda qolsada, baxt yori joning,
G‘oziydek bo‘lmoqqa bordir in’oming,
Agar shahid bo‘lsang, shahidlik qoning,
Azon muborakdir, shonlar muborak!
O‘g‘il tug‘ilmagan to‘shakda bo‘l-a,
Bayroq tikolmasang, tutasan yelga,
O‘zgan, muborakdir, g‘alaba yana!
OZARBAYJON
Mening aziz vatanim,
Ruhim, jonim va tanim,
Qudratga boq otingda,
Hikmatga boq otingda!
Desam nesan? – Xazina!
Boqib nurli o‘zingga,
Orolingga, tog‘ingga,
Go‘zal Qorabog‘ingga,
Ot qo‘yib, jon deydilar,
Ozarbayjon deydilar!
Jonni tilga keldirib,
Jonni – jonga yeldirib,
Onajon chaqiramiz,
Enajon chaqiramiz,
Goh otasan degaymiz,
Goh bobojon degaymiz.
Birga ko‘z ochgan kabi,
Ruhimiz ochgan kabi,
Vatanga jon degaymiz,
Ozarbayjon degaymiz!
Vatan deya quchganlar,
Nomingga ont ichganlar,
Chinoringni xon dedi,
Tog‘ingni sulton dedi.
Yuraklar qon bo‘lganda,
Yo‘lingda qurbon dedi.
Joningda jon bo‘lganda,
Yorimsan ham jon dedi.
Man ham jon- jon degayman,
Ozarbayjon degayman.
Ozarbayjon degancha,
Dushmanlar ham jon degay.
Tomchi bo‘lib ko‘zingdan,
To‘kilganda jon degay.
Jon degay, qon- qon degan.
O‘t – olovdan don kuygan.
Kezdim so‘z sirasida,
O‘lkalar orasida,
Bir seni jon degaylar!
Ozarbayjon degaylar!
Jonim Ozarbayjonim,
Otingni ham joni bor.
Ko‘nglimning na qo‘rquvi,
Na da hayajoni bor.
Yomg‘iri kuch kelmagay,
Bu vatan hech o‘lmagay,
Nega?
Nedan?
Ne uchun?
Chunki tugamas kuching,
Hamma seni jon degay,
“Jon, Ozarbayjon” degay!
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi