Adolat Badirxonli (Ədalət Bədirxanlı) – Badirxonov Adolat Ayyub o‘g‘li 1953 yil 30 may kuni Ozarbayjonning Lochin rayoni, Chiroqli qishlog‘ida tug‘ilgan. “Qizil qalam” media mukofoti laureati. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.
KETAMAN
Ketaman ki, tez qaytaman u boshdan,
Shunday qaror bermish bizni yaratgan.
Savdolari shirin bo‘lgan dunyodan,
So‘nggi yolg‘on, bir iz qo‘yib ketaman.
Keldim men ham dunyo sirin bilmoqqa,
Zulmu-jaholatdan uzoq bo‘lmoqqa,
Ozodlik deb go‘zal tushlar ko‘rmoqqa,
Haqiqatni sizga qo‘yib ketaman.
Bilganim so‘z bo‘ldi, yaxshi poyladim,
Har sog‘ bo‘l deganni, yaxshi angladim,
Eslini sandiqqa tashlab saqladim,
Nushasini sizga qo‘yib ketaman.
Do‘stga yomon kunni ravo ko‘rma yomondir,
So‘z qudrati, ilohiydan qolgandir,
Yorsiz so‘zin aytish yomon-yomondir,
Shirin so‘zni, sizga tashlab ketaman.
Adolatman, so‘zga qora yoqmayin,
Bor davlatim bo‘lgan budir, anglayin,
Men o‘lsam gar so‘zlarimni saqlayin,
Hammasini sizga qo‘yib ketaman.
* * *
Dardimni ayting, tabibga, zorga,
Ayting darmon zordir men intizorga.
Sarroflar qo‘lidar tushmagan zarga,
Misgar bozorida yuz berilmadi.
Istasang qalbimni nur aylasin tog‘,
Cho‘qqida burgutning ko‘zlariga boq,
Quyoshning nurini sevmas yapaloq,
Azaldan boyqushga ko‘z berilmadi.
Rasm, bir bo‘lganda hunar na laldir,
Yolg‘izning tolehi gumonga qoldi,
Qarg‘a qarilladi, mukofot oldi,
Bechora bulbulga so‘z berilmadi.
OTA
Yuz yoshda bo‘larding san yashasayding,
Afsus ellik yoshda, tugadi umring.
Qalbimda yashaydi muqaddas oting,
Saning sofligingla tugadi umrim .
Ko‘zimdan ketmaydi nuroniy yuzing,
Xayolim to‘lishar sening yoningda.
Qalbimda yashaydi hikmatli so‘zing,
Xazina yotarmish saning joningda.
Aksing ko‘zlarimga chekildi manim,
O‘pishing yondirar yonoqlarimni.
Qo‘lingdan o‘pgandim ey ota saning,
Hamon titratadi dudoqlarimni.
Shukur nabiralar hayot qurdilar,
Endi natijalar qator-qatordir.
Bugun yuz yoshingni qayd etar ular,
Mashallah, hammasi, shod, baxtiyordir.
Ruhingga duolar o‘qishar doim,
Yosinning nuriga botiring, ota.
Bir asr tamomdir qancha anglayin,
Ellik mozorida yotursan, ota.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi