Angelus Silezius (Angel Silezskiy; Angelus Silesius; asl ismi — Yoxannes Sheffler; Johannes Scheffler; 25 dekabr 1624, Breslau, Gabsburg Sileziyasi — 9 iyul 1677, o‘sha yerda) — nemis faylasufi, Barokko davri shoiri.
FIKR PARChALARI
Dunyoda eng ajib mo‘jiza – inson:
Unda jamlashgandir iloh va inson.
Nima qilay, axir, bari-bari menda mujassam:
Lahza va mangulik, kunduz va kecha,
Ezgulik – yovuzlik, hayot, o‘lim ham?!
Falakka qaraysan? Yonma o‘chingdan,
Xudo tepangdamas, ko‘rar ichingdan?!
Boy kishi molim kam deb yozg‘irar, boq –
Ishongin: ko‘zi och — gadoydan qashshoq.
Karim Bahriyev tarjimasi