Andreas Grifius (1616-1664)

Andreas Grifius (Andreas Gryphius; asl ismi Andreas Grayf, Andreas Greif; 2 oktyabr 1616, Glogau, Sileziya — 16 iyul 1664, Glogau, Sileziya) — barokko davri nemis shoiri va dramaturgi. XVII asrdagi eng mashhur nemis sonet yozuvchilaridan biri.

BARI O‘TKINChI…

Qayoqqa qarama — bari o‘tkinchi.
Sen uy qurayapsan?! Bekor bu jonlar.
Shaharlar bir kuni shudgor bo‘ladi,
U yerda qo‘y boqib yurar cho‘ponlar.

Voh, eng alvon gul ham so‘lar begumon,
Shovqin hayot so‘ngi – sokin qabriston.
Marmar ham, temir ham oxiri tuproq,
Baxtning keti foje… Hamisha shundoq!

O‘tadi tush kabi g‘alaba, zafar:
Zamonning ko‘zyumuq o‘yinlariga
Qarshi turolmaydi notavon inson.

Dunyo — chang va tuproq, shamol sepgan kul.
Hammasi o‘tadi. Men ham o‘laman.
Qorishib ketaman abadiyatga?!

Karim Bahriyev tarjimasi