Reyna Maria Rodriges (1952)

Reyna Maria Rodriges (Reina María Rodriguez) zamonaviy Kuba she’riyatining taniqli vakillaridan biri. Gavana universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Shoiraning “Men bilan yashaydigan odamlar” (1978), “Ayol bedorligi” (1980), “Poemalar” (1995), “Seni qush deb o‘ylayman” (2003), “Vaqtning tin olishi” (2006) va boshqa kitoblari nashr etilgan. “Filni uch yo‘l bilan ta’riflash” romani unga shuhrat olib kelgan. Bugungi kunda Gavanada “Ijodiyot uyi” loyihasining rahbari sifatida faoliyat yuritadi. U Kubaning ko‘plab mukofotlari qatorida, Frantsiyaning San’at va adabiyot ordeni (1999) bilan ham taqdirlangan.

QORONG‘I TUShMOQDA

Kech tushdi Madridning tomlari uzra,
Qo‘limda Boltiqning suvi bor. Rohat.
Kuydirmajon sovuq, yam-yashil yuzi,
Pishmagan mevalar kabi xijolat.
Mana shu eng qisqa masofa demak,
Ko‘zingda olmalar, fayzi ketgan bog‘.
Shimol oqqushlari ketar bedarak,
Serhosil janubga tushmoqda titroq.
Yonma-yon turibmiz Sen bilan hamon,
O‘sha g‘alati uy, g‘alati tuyg‘u.
Yalang oyoqlarda qolmagan darmon,
Notekis yog‘ochga kelmagan uyqu.
Manzara. Sharpaga to‘ladir atrof,
Esimga tushmoqda Sening so‘zlaring.
Yo‘qolgan ko‘zimning oldidan oftob,
Bir nigoh – telbaday kezar ko‘zlaring.
Hech nima qolmagan ko‘rishga yoki
Men esa qidirib yuribman shoshib.
Ko‘zimga zulumot to‘lguncha toki,
Boltiqning suvlari ketmasdan toshib.
Hayot bo‘ysindirib olganday xuddi,
Hademay to‘kilib ketadiganday.
Qorayib ko‘rinar Madridning basti –
Sening ham borlig‘ing menga ko‘chganday…

ISPANIYa MAYDONI

Maydoniga keldim Ispaniyaning
Qora kiyimdagi kampirni eslab.
Muzlar shamolida kechki aprelning
Bukilgan belini turar tekislab –
Eslatar rollarni, haddan zo‘r ijro!
Biroq tomoshabin – behis, beshafqat.
Hozir oyoqlarin bukar u, go‘yo –
Qulayroq yiqilish uchundir faqat.
Bir hovuch oppoq don separ qushlarga,
Minnatdor aylanar, kampirni qutlar.
U esa jilmayar – yerdan olib kuch –
U esa jilmayar – belini ushlab.
Maydoniga keldim Ispaniyaning,
Joni-jahonimni qilib imtihon.
Yigirma yil. Yigirmata son,
Boshlanadi yangi ming yillik.
Qog‘ozdan qush yasamoq oson –
Ossang, tursa misoli tirik.
Yigirma yil. Yigirmata son,
Eshit. O‘tar – hayot o‘tkinchi.
Seni asr etmasin tamom,
Yulduzlarga qarash qo‘rqinchi…
Seni duo qilaman – dam ol,
Uxla doimgidek xotirjam.
O‘tsa qizlar hujumga hatto –
Yomg‘ir qattiq yog‘ib tursa ham.

EDGAR, YoMG‘IR VA QIZLAR

Mana yana noyabr keldi,
Mana yana yuzda bir ajin.
Hademay qish keladi endi –
Qayga qochay – ko‘payar xarjim.
Yolg‘izgina, bechora bolam –
Sening onang boqar telbavash.
U juda ko‘p chekdi qayg‘u-g‘am –
Uni faqat kuydirar otash.
Tunash mumkin uni kunduzi,
Tortib olish mumkin o‘zidan.
Qo‘rqib qolgan uning ko‘zlari,
Bu sevgidan. Va o‘z-o‘zidan
Yigirma yil. Yigirmata son,
Boshlanadi yangi ming yillik.
Qog‘ozdan qush yasamoq oson –
Ossang, tursa misoli tirik.
Yigirma yil. Yigirmata son,
Eshit. O‘tar – hayot o‘tkinchi.
Seni asr etmasin tamom,
Yulduzlarga qarash qo‘rqinchi…
Seni duo qilaman – dam ol,
Uxla doimgidek xotirjam.
O‘tsa qizlar hujumga hatto –
Yomg‘ir qattiq yog‘ib tursa ham.

ChOShGOHDA

Kun yarmida kabutarlar,
Soyalarga berkindi,
Havolarda dumalaydi
Bitta juftlik betinim.
Suv qo‘yilgan o‘t ustida –
O‘z-o‘zimdan berkinib –
Men ham Seni kutayapman –
Kutayapman hech kimim.
Lozim bo‘lsa biror kimsa,
Lozim bo‘lsa bir kimsa,
Qizdirganda haddan oshib,
Quyosh turar telbahol.
Favvoralar nega jimsan,
Oqayotgan suv jimsan?
Baqa to‘la hovuzlar ham
Chayqaladi bebaho.
A… Aytgancha, qaytib keldi,
Kechagi jinni shamol,
Shoirlarni o‘zida yo‘q
Tortar xayollarga mast.
Bir soya joy topsam edi,
Hech kimga kelmay malol,
Va shu yerda qolsam edi,
Nafas olib bemalol.

Rus tilidan Xosiyat Rustamova tarjimasi