Fina Garsia Marrus (1923)

Fina Garsia Marrus (Fina García Marruz) – Kuba shoirasi, adabiyotshunos, essenavis.

SOFLIK

Che Gevara xotirasiga

Marhum endi joy egallamas,
Boshqalarga bo‘shatadi joy.
Bo‘lib endi tuproq — muqaddas,
Ehtirom ham kutmas hoynahoy.

Yo‘li qayga eltar noma’lum,
Endi azob bermas hech narsa,
Qiynalmaydi vijdoni uning
Ruhi bo‘lmas quvg‘inu sarson.

U endi bir go‘dak misoli,
Tuproqaro sukut saqlaydi.
Endi ruhi guldayin ma’sum,
Tinch yotgin deb yer ardoqlaydi.

Fayzi Shohismoil tarjimasi.