Bonifasio Birne (Bonifacio Byrne) – Kuba shoiri.
UXLAYoTGAN QUL
Barcha quvonchlardan mahrum sarkash qul,
Kiygani, yegani chaladir uning.
Ertadan-kechgacha bilmaydi tinim
Faqat ilinjida zumlik uyquning.
U qahr-g‘azabni ichiga yutgan,
Ko‘nikib qolgandir xokisorlikka.
Butunlay unutgan bolaligini
Xo‘jasi yuziga boqolmas tikka.
U uxlar. Shovqin-la o‘tmang yonidan,
Sho‘rlikka ne foyda uyg‘onganidan —
Hech narsa sololmas qalbiga shodlik!
Oromini buzmang, uyg‘otmang aslo,
Ehtimol sho‘rlikning ayni shu asno
Tushiga kirmoqda erku ozodlik!
Fayzi Shohismoil tarjimasi.