Pak Yen-Chxol (1904-1938)

KETAYoTGAN KEMA

Men ham ketaman.
Nahotki ko‘z yosh-la kuzatsam yoshligimni?
Ketaman men.

Osonmi bu fayzli sohilni tark etmoq,
Ko‘z o‘ngimda jonlanar olmos cho‘qqili
tog‘lar manzarasi,
Nigohlarim ardoqlar qadrdon kishilarimning
hatto ajinlarin…
Ketar ekan, unutib bo‘larmi bularni?
Boshqalar ko‘ngliga g‘ashlik solgan
bulutlarga hatto suqlanib boqaman,
Shamol yuzlarimga urilar.
Uchrata olurmanmi yana orzularim ramzi bo‘lgan
olmos cho‘qqili tog‘larni?

Men ham ketaman.
Nahotki yoshligimni kuzatsam ko‘z yosh-la?
Ketaman men.

Mirpo‘lat Mirzo tarjimasi.