Shoir, nosir va dramaturg Ko Inning (고은) “Shimol va Janub” (2000), “O‘n minglab inson shajarasi” (2010), “Pektusan tog‘lari” (1987–1991, 7 jildli) singari she’riy to‘plamlari nashrdan chiqqan, asarlari ingliz, nemis, frantsuz, ispan, rus tillariga o‘girilgan. Qator milliy mukofotlar, xalqaro “Oltin toj” (2014) mukofoti sovrindori.
ShE’R
Kunlardan bir kun
men uni mehmon deb o‘yladim.
Boshqa bir kun
sohib deb bildim uni.
Ha, aytganday,
Har qaysi mo‘ri
tutun chiqarishni istaydi.
Bugun esa bilmayman kim u
yoki nima?
She’rmi?!
Rus tilidan Shermurod Subhon tarjimasi