Kim Yen-Nan (1903-1950)

PIONGULLAR YaShNAB TURARKAN

Men mudom o‘z bahorimni kutib yashayman,
Biroq piongullar xazon bo‘lgan kun
Chulg‘anaman g‘am-g‘ussalarga,
Bahor ham jim, mung‘ayib qolar.
May kunlarin birida, dimiqqan kunda
Erga tushsa qovjiragan birorta gulbarg,
Birdan yo‘qoladi piongullar dengizi.
Mening qalbimda so‘nar junbush zavq.
Piongullar g‘oyib bo‘lar, ketarlar bundan
Va mening butun yilim — 360 kun
Ular bilan ketar yo‘qlikka,
Men esa xo‘rsinib yig‘layman g‘amda.

TUGANMAS DARYo OQADI

Qaylardadir, qalbim tub-tublarida
Hech tuganmas daryo oqadir.
Otayotgan tong
Kumush to‘lqinlarini yana-da yarqiratar,
Yuragim — ko‘ksim yoki tomirimda —
Yashirinib olar, mung‘ayib.
Qaylardadir, qalbim tub-tublarida
Daryo oqar, tuganmas daryo.

Mirpo‘lat Mirzo tarjimasi.