Uilson Makdonald (1880-1967)

Uilson Makdonald (Wilson MacDonald) – kanada shoiri. Kanadaning Ontario shtatida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi – shotlandiyalik ruhoniylardan, onasi – mashshoq, qo‘shiqchi bo‘lgan, organ chalgan. Uning she’rlarini B. Shou, R. Tagor, A. Eynshteynlar yuksak baholagan. She’rlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

XALQLARGA MUROJAAT

Do‘stlarim, birlashaylik,
Bir bo‘lsin ahd va yurak.
Nahot qiyomatgacha
jim qarab turaversak?

Jinoyatlar quroli –
Bir uyum temir-tersak.
Zulm albatta yo‘q bo‘lur,
Qo‘llarni qo‘lga bersak.

Dunyoda har go‘shaga
Kun nur to‘ksin pok, toza.
Qizlar urushni qarg‘ab,
Endi ochmasin aza.

Do‘stlarim, birlashaylik,
Bir bo‘lsin ahd va yurak.
Nahot qiyomatgacha
Jim qarab turaversak.

San’at Javohir tarjimasi