Erl Berni (1904-1995)

rl Berni (Earle Birney) Kalgari shahrida tug‘ilgan. Yoshligi Bibliya va Robert Berns she’rlaridan ma’naviy oziqlanish bilan o‘tgan. Vankuver universitetida kimyo sanoati muhandisligi, ingliz adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. “David” deb nomlangan ilk she’riy to‘plami 1942 yilda nashr qilingan. Shundan keyingi yillarda jami 20 dan ortiq to‘plamlari yorug‘ dunyo yuzini ko‘rgan. Uning asarlari Kanada universitetlari o‘quv dasturlariga ham kiritilgan.

ASL KANADALIKLAR

Yilning xohlagan mavsumida – toza havoda,
norozi bo‘lishmas hayotdan,
kamgap, biroq ko‘ngillari oq.
tirband bo‘lsa-da, hammaga topiladi joy,
gullar, daraxtlar orasida erkindir ular
qo‘ng‘iz g‘o‘ng‘illaydi, chigirtka o‘ynar.
Juda saxiy ular
o‘g‘ri, qaroqchi, zo‘ravoni yo‘q,
navbatga turishar
o‘rnidan jilmay.
hammaga beradi o‘zi haqda ma’lumot: –
ismi, yoshi, harbiy xizmati, sevgan aka-singlisi,
abadiyatning shakli haqida
aytilguvchi
so‘z, taskin haqqi
hozir ular bari
erning ostida.

Go‘zal Begim tarjimasi