Tomas Keryu (1595-1640)

Tomas Keryu (Thomas Carew; 1595—1640) — ingliz shoiri va diplomat.

QO‘ShIQ

Qaytib so‘roq qilma Zuhal qayda deb,
Iyun o‘tib ketgach, qolmas gulda zeb;
Sening chiroyingdan tushib qayg‘uga
O‘zin aybli sanab ketmish uyquga.

So‘rab o‘ltirmagil yana bir karra
Qayda yo‘l yo‘qotmish tillarang zarra.
Asl sevgi uchun Parvardigoro
Ulardan sochingga bermishdir oro.

Mendan so‘rab yurma, qayga shoshar ul
May oyi tugab yo tugamay bulbul.
Kirib tomog‘ingga ajib shirador,
Qishlamish, ovozin sozlamish takror.

Samodan uzilgan yulduzlar tunda
Qayga tushar deya so‘rama mendan.
Mengzab ular kengu qop-qaro osmon,
Sening qarog‘ingdan topmishdir makon.

Yo‘q aslo so‘rama, yashash-chun Humoy
G’arbdanmi yo sharqdan tayyorlamish joy.
Ul yiroq o‘lkadan uchib kelmish zor,
Xushbo‘y quchog‘ingda o‘lmoqqa tayyor!

A’zam Obidov tarjimasi