Bxartrixari (IV-V asrlar)

“MUHABBAT HAQIDA YuZ ShE’R” kitobidan

* * *

Shoirlar to‘qigan afsonadir bu!
Ayolni ojiza demoq bu xato:
Bir kiprik qoqarkan, hattoki xudo –
Indruni yuztuban qila olar u!

* * *

Pariro‘ylar haqda so‘zim ushbudur,
Yashirmay ayturman: Bu tirik gullar
Quchog‘i dunyoda eng shirin ko‘shkdur,
Baxt ila badbaxtlik manbai ular.

Xurshid Davron tarjimalari