* * *
Hindiston, onajon! Hayot bergan bog‘,
G‘amim ko‘p, bittasin nomidir firog‘.
Firog‘ – bu singani sut to‘la xurma,
Xudo, meni urding, boshqani urma!
She’rimni ko‘ksimdan olar-da yulib,
Dengizga itqitar ustimdan kulib.
Esladim deguncha tirqirar yoshim,
Dunyo menga tundir, sensan quyoshim.
Bundagi tinchligim, baxtim – omonat,
Ochin-to‘qin, mayli, yurtda – saodat.
Uylidir, uysizdir, issiq — sovuqdir,
Oh, Vatan, sendan tinch oshyon yo‘qdir.
Hindiston, baxting shul — o‘z uyingdasan,
Baxtim deb yig‘lagan dil kuyimdasan.
Hindiychadan Amir Fayzulla tarjimasi