“YuZ ShE’R” kitobidan
* * *
“Ketgan qaytadi, xotin! Bas, hadeb yig‘layverma,
Qara, rang yo‘q yuzingda!” – dedim yorimga dilgir.
O‘zining yoshligidan uyalib, g‘amza ila
Shivirladi: ”Sen ketsang, o‘lib qolaman, axir!”
* * *
Yosh ma’shuqa safardan qaytib kelgan erining
Erkalashiga tashna xonaga shoshib kirib,
“Chivinlar ko‘payibdi!” deya go‘yo bilmasdan
Shamni o‘chirib qo‘ydi ro‘molin silkib turib.
* * *
U shamni o‘chiray deb puflardi – sham o‘chmasdi,
Nilufarlar otsayam – o‘chmay: dilin yoqardi.
U piqillab erining ko‘ziga kaftin bosdi,
Eri bo‘lsa jilmayib unga to‘ymay boqardi.
Xurshid Davron tarjimalari