SUKUT
Hayotimizga
Jim bo‘lishdek
Sukunat cho‘kdi
Xuddi
Izillagan o‘q yomg‘iri so‘ngida
Bir sukutki adog‘i yo‘q.
Nima ham qilardik
Jon qayg‘usida
Boshdan boshlash to‘g‘riroq balki
Biz
Bo‘ri va qashqirlar uvlashi ostida
Uyimiz, vatanimizda
Badarg‘a qilinganlarmiz
Nog‘orachi nog‘orasiz,
Karnaychi karnaysiz
Jangchilar qilichsiz
Aslida bu ham bir yo‘l deyishmoqda.
Rus tilidan Rauf Subhon tarjimasi